«Masala jiddiy, tanlov oğir, xato qiliş imkoniyati 90 foiz. Karantin qattiq bölsa, uydagi bemorlarga qiyin (ular asosiy – 80 foiz qatlam); agar yengil bölsa, oğir bemorlar (15 foiz qatlam) va ölimlar (2-4 foiz) soni ortib ketadi, eplab bölmaydigan darajada. Iqtisodiyot, biznes, yeb-içiş, qarzlarni-ku gapirmasa ham böladi.
Eng yomoni, qançalik karantin saqlamaylik, vaksina yaratilib, bizga yetib kelguniça bir yarim yildan ikki yilgaça vaqt ötadi. Agar şu davr mobaynida iqtisodiyotni ham öldirib qöysak, ertaga vaksina sotib olişga ham imkoniyat bölmaydi.
Vaksinalarni kimdir bizga sovğa qilsa yoki olib bersa, evaziga yurtimizdan nimanidir yulib oladi. Bekorga yordam beradigan ahmoq aniq yöq. Na katta biznesmenlar va na katta davlatlar. Özimizning aravamizni özimiz tortmas ekanmiz, ahvol yaxşilanmaydi.
Bu nima degani? Birinçi navbatda, barça qatlamdagi şifokorlar, hamşiralarga töğri davolaşni zudlik bilan örgatiş kerak. Juda oğir jarayon emas bu. Tayyor davolaş protokoli bor. Şuni bir marta öqib çiqib, heç bölmasa mumkin bölmagan dorilarni bilib olsa böldi. Şu ham katta muvaffaqiyat hozirgi şaroitda. Yengil tuzalişi mumkin bölgan bemorlar aksariyat holatda aynan şu notöğri tavsiya va dorilarni deb oğirlaşyapti yoki ölyapti.
Bugun men şuni tuşunib yetdimki, eng birinçi navbatda hoziroq, zudlik bilan töğri davolaş tizimini yölga qöyişimiz şart. Asl muammo öşa yerda. Qisqa öquv dasturi yaratib, barça tibbiyot qatlamini minimum qisqa kursda öqitiş kerak. Aks holda hamma bilganiça davolayapti va davolanyapti. Oqibatda muammolar soni ortib, kasalxonalarda joy qolmayapti.
Xullas ahvol oğir. Yeçimi ham. Kelajakdagi yagona yöl esa har bir inson özini özi ehtiyot qilişni örganişi, niqob taqişni kanda qilmaslik va kasal bölib qolganda töğri davolanişi kerak. Zudlik bilan şunday yaşaşni örganmas ekanmiz, faqat oğirlaşaveradi ahvolimiz. Ustiga ustak, kollektiv immunitetga ham vaqt kerak (agar şunday immunitet şakllanişi rost bölsa).
P.S. Bu – mening şaxsiy fikrim!» – deya fikr bildirdi Komil Allamjonov şaxsiy Telegram-kanalida.












