Germaniyaning “Volkswagen” konserni Özbekistonda öz avtomobillarini işlab çiqarişni yölga qöyişi haqida xabar qilingan edi. Konsern modellari Jizzaxda barpo etilayotgan zavodda 2022 yilda yölga qöyilişi rejalaştirilgan. Hozirda bu yerda quriliş-montaj işlari qizğin ketmoqda.
27 iyul kuni esa, Volkswagen Özbekiston avtomobil bozori uçun öz modellarining onlayn taqdimotini ötkazdi.
Şunday qilib, hozirça, Volkswagen Caddy 3 xil namunada va 3 xil narx segmentida xaridorlarga havola qilinadi.

172 mln 100 ming sömdan sotiladigan Volkswagen Caddy (Kasten) avtomobili, asosan, yuk taşişga möljallangan. Uning örtaça yonilği sarfi 100 km.ga 7,1 litrni taşkil etadi. Dvigateli 110 ot kuçiga teng bölib, 5 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. 12,5 soniyada tezligini 100 km/soatga yetkaza oladi. Töplamda orqaga joylaş sensorli datçiklar, balandlikka töxtab turgan joyidan harakatlanişda yordam beruvçi tizim, elektrrul kuçaytirgiç, masofadan boşqariluvçi markaziy qulf tizimlari mavjud.

Volkswagen Caddy (Kombi) 190 000 000 sömdan taqdim etilmoqda. Uning ham texnik körsatkiçlari Volkswagen Caddy (Kasten) bilan bir xil. Birgina farqi avtomobilning yuk va yölovçi taşişga moslaştirilganidir.

Narxi 221 900 000 söm sifatida belgilangan Volkswagen Caddy (Trendline) modellar qatoridagi eng qimmati sanaladi. U faqat yölovçi taşişga möljallangan bölib, haydovçi bilan birga 7 kişini taşiy oladi. Texnik körsatkiçlari Volkswagen Caddy (Kasten) modeli bilan ayni.
Şu bilan birga, töplam jihozlanişida birmunça özgarişlar mavjud:
Bamperlar kuzov rangiga böyalgan böladi, old örindiqlar alohida boşqarilgan tarzda qizdiriladi, konditsioner, Caloundra 6J x15 quyma disklari, tumanga qarşi faralar, orqaga joylaş sensorli datçiklar, balandlikka töxtat turgan joyidan harakatlanişda yordam beruvçi tizim, elektrrul kuçaytirgiç, masofadan boşqariluvçi markaziy qulf böladi.












