Rossiya prezidenti axborot xizmatining ma'lum qilişiça, muloqot Ukraina tomoni taşabbusi bilan amalga oşirilgan. Tomonlar 27 iyul kuni 00:01dan boşlanadigan Donbassda öt oçiş rejimining töxtatilgani borasidagi kelişuvni olqişlaşgan.

Suhbat davomida Zelenskiy Donbass, Qrim va Rossiya hududida uşlab turilgan Ukraina fuqarolarini qöyib yuboriş borasida söz oçgan. Bu haqda Ukraina prezidenti axborot xizmati yozgan. Putin suhbat davomida tomonlarning «normand formati»dagi kelişuvlar va 2019 yil dekabrdagi Parij sammitidagi belgilangan vazifalarni bajarişi muhimligini aytgan.

Putin Radaning 15 iyulda 2020 yil mahalliy saylovlarni ötkaziş böyiça qabul qilgan qarori Minsk kelişuviga zid bölganini, bu esa kelişuv buzilişiga olib kelişi mumkinligini eslatdi. Şuningdek, Rossiya prezidenti suhbat davomida Zelenskiyning Minsk kelişuvi böyiça aytgan gaplari amalda ham bölişi muhimligini ta'kidladi. Kreml saytida yozilişiça, tomonlar suhbat yakunida koronavirus pandemiyasi bilan kuraş mavzusida gaplaşgan.