Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda sinfdoshlar ishtirokidagi o‘tirish o‘lim bilan tugadi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 5 iyul kuni soat 14:00da 47 yoshli Sh.G‘. tanishi D.A.ning Andijon viloyati Shahrixon tumani Abdubiy ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida bir necha nafar sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u mast holda 50 yoshli A.S. bilan o‘zaro gap tortishib, janjallashib qolishi natijasida o‘tirgan holatda bo‘lgan A.S.ni oyog‘i bilan bo‘yin sohasiga bir marotaba tepgan vaqtida A.S. hushidan ketib, hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026