Koronavirus pandemiyasi tufayli, amerikaliklar naqd pullar orqali infeksiyani yuqtirib olişdan çöçib, naqdsiz tölovlarga köproq e'tibor bera boşladilar. Natijada köplab tangalar iste'molçilar qölida töplanib qoldi va mamlakatda ularning tölaqonli inqirozi yuz berdi.

Mayda tangalarning tanqisligi kiçik biznes vakillari faoliyatiga salbiy ta'sir qildi. Ular qaytim yöqligi sababli, tölaqonli hisob-kitob qilişda qiynala boşladilar.

«Dökondagi xaridlarni tangalar bilan amalga oşiring. Ularning bir qismini iste'molga qaytaring», — deb bayonot berdi Zarbxona.

2020 yilning mart oyida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida, odamlarga naqd pullar va kartalarni işlatişdan voz keçib, kontaksiz tölovlarga ötişni taklif qilgan edi. Mutaxassislar virusning naqd pullar yuzasida 4 kungaça, plastik yuzasida esa 9 kungaça saqlanib qolişini ta'kidlaşgan edi. Keyinçalik, JSST bu ma'lumotlarni rad qildi.

Şunday bölsa-da, yer yuzi aholisi infeksiyadan saqlaniş uçun naqd pullarni işlatişdan tiyila boşladilar. Jumladan, Germaniyada kontaksiz tölovlarning ommalaşişi natijasida aholining qölida naqd pullar yiğilib qola boşladi. Xitoy esa koronavirus eng köp tarqalgan hududlarda naqd pullarni yoqib yuboriş amaliyotini qölladi. Rossiyada banklar naqd pullarni kassaga tuşganidan keyin kamida 2 hafta saqlab, viruslardan xoli qilib iste'molga çiqara boşladilar. Özbekistonda bu muddat 1 haftani taşkil qilişi haqida xabar berilgan edi.