Birinçi manzilimiz Sardoba tumanining avvalgi «Qörğontepa», hozirgi «Muhammad Al-Xorazmiy» MFY böldi.

Mahallada 4115ta aholi istiqomat qiladi, suv toşqini natijasida 165ta xonadon töliq zarar körgan. Hozirda bu hududda Navoiy va Xorazm viloyatlari tomonidan ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.

Ta'kidlaş kerakki, mahalla oldingidan umuman boşqaça köriniş olgan. Xonadonlar zamonaviy şaklda rekonstruksiya qilingan va kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Uylar alohida qilib ajratilgan holda, panjaralar bilan öralgan.

Aholi uylariga gaz va kanalizatsiya ham örnatilmoqda. Fuqarolarning aytişiça, uylar oldingi holatidan umuman boşqaça. Oldin uylarga gaz va suv kelmagan.

Biz suhbatlaşgan aholi vakillari talafot körgan oilalar uçun ajratilgan 40 million sömdan pul va sertifikatda körsatilgan maişiy texnikalarni olişganini aytişdi.

Keyingi manzilimiz – Sardoba tumanining Döstlik mahallasi. Bu yerda tumanning Qörğontepa, Yurtdoş va Döstlik mahallalarida uylari yaroqsiz holga kelgan xonadon egalari uçun köp qavatli uylar qurilmoqda.

Pudratçi «Gold step invest» MÇJ tomonidan 37ta, jami 1480ta xonadonli köp qavatli uy-joylar qurilişi boşlangan.

Berilgan ma'lumotlarga köra, uylarning quriliş narxi şartnoma böyiça 479,5 mlrd sömni taşkil etib, avans tariqasida 222,5 mlrd söm moliyalaştirilgan. Pudratçi taşkilot tomonidan 106ta quriliş texnikasi va 740 nafardan ortiq quruvçi hodim jalb etilib, 73ta yaroqsiz köp qavatli uydan 63tasi buzilgan.

Şuningdek, köp kvartirali uy-joylarni ta'mirlaş, ularning tutaş hududini tiklaş va obodonlaştiriş uçun jami 35,6 mlrd söm mablağ sarflanadi. Xususan, uylarni ta'mirlaş uçun 29,7 mlrd söm va obodonlaştiriş işlariga 5,9 mlrd söm sarflanişi belgilangan.

Press-tur Oqoltin tumanining