Kambağallikni qisqartiriş böyiça amalga oşirilayotgan tadbirlar yuzasidan ma'lumot bergan vazir örinbosari Özbekistonda odamlarning muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi va kambağalligi uzoq yillar «yopiq mavzu» bölib kelganini alohida ta'kidlaydi. Şuningdek, u pandemiya davrida aholining noçor qismi qanday qöllab-quvvatlanayotgani haqidayam ma'lumot berdi.

«Aholining noçor qismiga kömak beriş maqsadida komleks va hududiy dasturlar işlab çiqilgan, vazirlar, hokimlar va sektorlar rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan. Lekin pandemiya köp sohalarda iş örinlarini yaratişga, kambağallikka qarşi kuraşişga katta zarar yetkazib kelyapti. Uning ta'sirini yumşatiş maqsadida «Saxovat va kömak» umumxalq harakati yölga qöyildi. Uning doirasida xalq deputatlari mahalliy kengaşlarining qarorlariga asosan, karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, köp bolali oilalarga, yakka yolğiz va nogironlarga hamda öz daromadini yöqotgan vaqtinça işsiz bölgan 321 mingga yaqin oilalarga 127 mlrd 700 mln sömdan ziyod mablağlar sarflandi.

Hududlardagi sektor rahbarlari boşçiligida taşkil etilgan işçi guruhlari tomonidan may-iyun oylarida ehtiyojmand oilalarga mansub 233 mingga yaqin fuqarolarimizga daromad manbaini yaratiş çoralari körildi. Hukumat tomonidan koronavirus pandemiyasi şaroitida ijtimoiy ahvoli va turmuş şaroiti oğirlaşgan oilalarning bandligini ta'minlaş orqali ularga daromad manbai yaratişning «Vaqtinçalik tartibi» işlab çiqildi. Unga muvofiq, «Saxovat daftari»ga kiritilgan oilalar bilan manzilli işlaş va ularni kambağallikdan çiqarişning aniq tartib va rejalari körsatib berildi», deya Akmalxon Ortiqovning sözlaridan istibos keltirmoqda vazirlik axborot xizmati.

Qayd etilişiça, joriy yilning iyul-oktyabr oylarida muhtoj oilalarning yana 257 mingga yaqin mehnatga layoqatli qismini daromad manbai bilan ta'minlaşga ehtiyoj bor.

«Buning uçun joylardagi 4 ta sektor rahbarlari iqtisodiy kompleks taşkilotlari bilan oilaviy tadbirkorlik, hunarmandçilik, jamoat işlariga jalb qiliş va özini özi band qiliş tizimi, investitsiya kompleksi bilan mavjud va yangidan işga tuşirilayotgan korxonalarga joylaştiriş qişloq xöjaligi majmui bilan sohadagi korxonalarga, ğalladan böşagan maydonlarga serdaromad ekinlarni ekişiga yordam beriş orqali, quriliş taşkilotlari bilan budjet mablağlariga quriliş-ta'mirlaş işlari olib borilayotgan obektlarga va bugun ipotekaning yangi tartibida amalga oşirilayotgan uy-joylar qurilişida bandligini ta'minlaş çoralari köriladi. Albatta, mazkur çoralarning ijrosi böyiça qat'iy monitoring tizimi örnatilgan.

Kambağallikni qisqartiriş böyiça belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş kundalik işlarimiz bölsa, oldimizda xalqaro moliya institutlari, jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankining ekspertlari bilan kambağallikni qisqartirişning konseptual hujjatlarini işlab çiqiş va joriy etiş vazifasi turibdi»,