«Körilayotgan çoralar Konstitutsiyaga va Özbekistonning xalqaro majburiyatlariga töla mos» – Muzraf Ikromov
|03:14 / 29.07.202012 0999 min
Ayni paytda pandemiya sababli butun dunyo karantinga kirgan. Ammo karantinni qanday taşkil qiliş va qanday çeklovlar kiritiş borasida barça turliça yöl tutmoqda.
Kasallikning aholi orasida tarqalişi köpayib, karantin talablari kuçaytirilar ekan, özbekistonlik fuqarolarda huquqiy masalalarda köplab savollar tuğilmoqda. Bu borada turli qarama-qarşi fikrlar aytilmoqda.
Biz karantin çoralari va tuzilgan muvaqqat komissiyalarning Özbekiston qonunçiligi va konstitutsiyaga qançalik mosligi hamda bildirilayotgan e'tirozlar borasida Adliya vaziri örinbosari Muzraf Ikromov bilan suhbat uyuştirdik.
– Yuqorida aytganimiz aholi tomonidan bildirilayotgan e'tirozli fikrlar sizningça nimadan dalolat beradi?
– Albatta har bir huquqiy demokratik davlatda ma'lum bir huquqiy masala böyiça fikrlar qarama-qarşi bölişi bu tabiiy jarayon hisoblanib, bu quyidagilardan dalolat beradi:
birinçidan, fuqarolardan savollar kelib tuşişi, qarama-qarşi fikrlar aytilişining barçasi fuqarolarimizning huquqiy ongi va dunyoqaraşi özgarayotganligi, jamiyatda bölayotgan jarayonlarga nisbatan öz fikrlarini erkin ifoda etişi, özlarining kelajagi va taqdiriga nisbatan befarq munosabatda bölmayotganligini anglatadi.
Adliya vazirligining bugungi kunda oldida turgan eng asosiy vazifalaridan biri bu aholining huquqiy ongini oşiriş bilan bir qatorda öz huquqlarini talab qilib olişga örgatiş ham hisoblanadi.
Fuqarolar huquqini tanib, öz huquqlarini kerakli joyda talab qilib olsalar biz öz oldimizga qöygan maqsadimizga erişgan bölamiz.
ikkinçidan, fuqarolarda daxldorlik tuyğusi kuçaymoqda. Jamiyatdagi har bir bölayotgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan özlarini daxldor hisoblab, özlarining fikr va mulohazalarini bayon qilmoqda. Bu jarayonda fuqarolarimizning zamonamiz xususiyatidan kelib çiqib, ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalaniş madaniyatining yuksalayotganligini kuzatiş mumkin;
uçinçidan,hozirgi kölamdagi pandemiya va u tufayli kiritilgan karantin talablari nafaqat bizda, balki butun dunyo mamlakatlarida birinçi marotaba röy bermoqda. Şu nuqtai nazardan ham karantinning dastlabki kunlarida karantin talablari va çeklovlari bilan boğliq tartiblarga oid ayrim savol kelib çiqdi hamda bu tabiiy jarayon hisoblanadi.
Bugungi kunda karantin va pandemiya şaroitidan kelib çiqayotgan har qanday savol yoki masala böyiça mamlakatimizda mustahkam huquqiy asos yaratilgan.
Qolaversa, karantin davrida aholining barça qatlamlari, tadbirkorlik sub'yektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
– Bizda fuqarolarning huquqiy ongi yuqori bölişi kerakligi, öz haq huquqlari, majburiyatlarini bilişi kerakligi borasida köp gapiriladi. Lekin, ayni bugungi şaroit köproq davlat organlari, vazirlik va idoralar öz majburiyatini, zimmasiga olgan mas'uliyatini bajarişi kerakligini körsatmoqda. Endi yuqoridagi kabi fikrlaşdan voz keçarmiz, balki.
– Biz bugun nafaqat fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş masalasida balki butun bir jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oşiriş böyiça işlayapmiz.
Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oşirişda bir tomonlama yönalişdan boriş özini oqlamaydi. Masalan, biz faqatgina fuqarolarni huquqiy ongini oşiriş bilan şuğullanib, davlat organlari xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş masalasini e'tibordan çetda qoldirişimiz mumkin emas.
Bugun jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş 6 ta prinsip ya'ni, «şaxs – oila – mahalla – ta'lim muassasasi – taşkilot – jamiyat» prinsipi böyiça amalga oşirib kelinmoqda.
Bu prinsiplar doirasida nafaqat aholi (şaxs) balki, oilada, mahallada, ta'lim muassasasida, taşkilotda va jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oşiriş böyiça amalga oşiriladigan işlarimiz aniq belgilab berilgan va biz şu asosida işlayapmiz.
Xususan, «respublika – viloyat – tuman» prinsipi asosida vazirlik va idoralar xodimlarining huquqiy bilimlarini oşiriş maqsadida bepul huquqiy maslahat kurslari taşkil etib kelyapmiz.
Şu kunga qadar 22 tadavlat organlari xodimlari töliq öqitildi.
Biz bu boradagi işlarni keyingi bosqiçda uzviy amalga oşirib boriş böyiça ham aniq rejalarni belgilab olganmiz.
Bundan taşqari, yuqoridagilarga qöşimça ravişda davlat organlari va taşkilotlari xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oşirib boriş maqsadida, hozirda Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatçilarining huquqiy savodxonlik darajasiga nisbatan alohida minimal talablar hamda uşbu talablargamuvofiqlik yuzasidan xodimlarni bilimini baholaş va öqitiş tartibiişlab çiqilmoqda.
– Bugungidek kutilmagan, favqulodda holatlarda tuziladigan komissiya va şunga öxşaş tuzilmalar taşkil etilişining huquqiy asoslari qay darajada mustahkam va bu asoslar zamon talabiga javob beradimi? Men aytayotgan e'tirozlar şundandir balki...
Şunday bölsa-da, foydadan xoli bölmaganligi uçun yana bir bor uşbu mavzuni oçib berişga harakat qilamiz.
Hozirgi yuzaga kelgan nostandart vaziyatga öxşaş holatlarga darhol javob qaytariş maqsadida komissiyalar tuziş amaliyoti biz uçun yangilik emas va şu kabi boşqa komissiyalarni tuzişning zarurati va samaradorligini körsatib bergan.
Masalan, bundan 20 yil oldin, ya'ni 2000 yildayoq Vazirlar Mahkamasining 142-son qarori bilan Respublika epidemiyaga qarşi kuraşiş favqulodda komissiyasi tuzilgan edi.
Unga odamlar örtasida yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida korxonalar, muassasalarda alohida aholi punktlari va hududlarda karantin-çeklaş çora-tadbirlari hamda karantin joriy etiş töğrisida qaror qabul qiliş vakolati berilgan bölgan.
Uşbu ijobiy tajribani inobatga olgan holda hamda joriy epidemiologik xavfning kölamini inobatga olib, hozirgi şaroitda Respublika maxsus komissiyasitaşkil etildi va u epidemiologik vaziyatning tezlik bilan özgarişiga zudlik bilan munosabat bildirib, mazkur özgarişlarni bartaraf qiliş böyiça tezkor qarorlar qabul qilib kelmoqda.
Şu bois işonç bilan aytiş mumkinki hozirda koronavirusga qarşi olib borilayotgan kuraş mustahkam huquqiy asosga va öz tarixiga ega.
Körilayotgan çoralar esa,Konstitutsiyaga, qonunçiligimizga va Özbekistonning xalqaro majburiyatlariga töla mos keladi, inson huquqlarini buzmaydi.
Komissiya faoliyatining huquqiy asoslariga batafsil töxtaladigan bölsak, qonunçiligimizdagi quyidagi huquqiy normalarni eslab ötiş joiz:
Avvalo,«Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi Qonunning 3-moddasini yodga soliş lozim. Unga köra, Hukumat ijro etuvçi hokimiyatning oliy organi bölib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat körsatişiga rahbarlik qilişni, Özbekiston Respublikasi qonunlari, Parlament qarorlari, Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlaydi;
Ikkinçidan, qonunning 11-moddasiga köra, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy sohadagi vakolatlari sirasiga, jumladan, sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta'minlaş böyiça çoralarni amalga oşiriş kiradi.
Uçinçidan, 25-moddaga binoan, davlat va xöjalik boşqaruvining ayrim masalalari böyiça takliflar tayyorlaş, Hukumat qarorlari loyihalarini işlab çiqiş, şuningdek uning ayrim topşiriqlarini bajariş uçun muvaqqat komissiyalari taşkil etilişi mumkin.
Törtinçidan, Hukumat reglamentiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oşirilişi komissiyalar, kengaşlar va boşqa idoralararo kollegial organlar faoliyati bilan ham ta'minlanadi.
Beşinçidan,Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga kiradigan masalalarni körib çiqiş Hukumat taşkil etadigan komissiyalarning hamda boşqa idoralararo kollegialorganlarning majlislarida manfaatdor davlat organlari va boşqa taşkilotlar vakillari iştirokida amalga oşiriladi.
Oltinçidan, “Aholining sanitar-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo böliş yoki tarqaliş xavfi yuzaga kelgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi yoki viloyat hokimliklari ham örnatilgan tartibda tegişli hududlarda yoki obektlarda belgilangan tartibda çeklovçi tadbirlar (karantin) joriy etişi mumkin.
Şu tariqa, bir vaqtning özida Fuqaro muhofazasi boşliği bölgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri boşçiligidagi Maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasi vakolatlarini amalga oşirişni ta'minlaşning usullaridan biriekanligi oydinlaşadi.
Özbekiston Prezidentining maxsus farmoyişiga muvofiq, koronavirus böyiça epidemiologik vaziyatning yomonlaşişi ehtimoli belgilarini öz vaqtida aniqlaş va kasallaniş xavfini kamaytiriş hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam körsatişga qaratilganprofilaktik va epidemiologiyaga qarşi kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirişMaxsus komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Hukumatning 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan Komissiya tomonidan öz vakolati doirasida qabul qilinayotgan qarorlarning majburiy ijro qilinişi körsatib ötilgan.
«Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi Qonunning 35-moddasiga köra esa, Hukumatning qabul qilgan qarorlari va farmoyişlari Özbekiston Respublikasining butun hududida barça organlar, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar, mansabdor şaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiydir.
Şularni inobatga olib, bugungidek kutilmagan vaziyatga munosib va tezkor javob beriş uçun tuzilgan komissiya taşkil etilişining huquqiy asoslari borasida biror bir ikkilanişga va e'tirozlarga asos yöq deb hisoblaymiz.