Rasul Kuşerbayevning ma'lum qilişiça, avtomobil işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiruvçi «UZAUTO MOTORS» AJning joriy yil mart oyida bir qator yengil avtomobillar narxini oşirişi saylovçilar va jamoatçilik vakillari tomonidan keng muhokamalarga sabab böldi.

«Mamlakatimizda raqobat muhitini yaxşilaş, işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohasida iştirokçilar uçun teng imkoniyatlar yaratiş investitsiyaviy muhitni yaxşilaşning muhim talabi ekanligini inobatga olib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi bir guruh deputatlar tomonidan mazkur soha örganilib, takliflar işlab çiqilmoqda.

Şu munosabat bilan ÖzLiDeP fraksiyasi a'zolari hisoblangan deputatlar R.Kuşerbayev, D.Ğaniyev, N.Jumayev tomonidan «Parlament nazorati» şaklida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi N.Ş.Şaripovga tegişli deputatlik sörovi yuborildi», - deya xabar qoldirgan Kuşerbayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ta'kidlanişiça, sörovda hukumat topşiriği doirasida «UZAUTOMOTORS» AJ tomonidan «Raqobat töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni va sohani tartibga soluvçi qonunçilik hujjatlari talablariga rioya etilişi, şu jumladan işlab çiqarilayotgan avtomobillar tannarxi şakllanişi va narx qöllanilişi asosliligi yuzasidan olib borilgan örganişlar va körilgan çoralar haqida asoslantirilgan axborot beriş hamda qömitaning avtomobillar narxini aholining xarid qobiliyatiga moslaştiriş yuzasidan nuqtai nazarini bayon etiş talabi qöyilgan.

Şu yilning 11 mart kuni aynan «UZAUTOMOTORS» AJ parlament eşituvida jamiyatda e'tirozga sabab bölayotgan avtomobillarning narx va sifat masalalari böyiça savollarga javob bergandi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev eşituvda yangragan javoblardan qoniqmaganini ta'kidlab, kompaniyani bozor iqtisodi qoidalariga böysunmaslikda ayblagan. 

Deputatlar Doniyor Ğaniyev, Nodir Jumayev va Rasul Kuşerbayev kompaniya vakillari bilan munozaraga kirişib, uning faoliyatini keskin tanqid qilgandi