Britaniyada qayta tiklanadigan energiya loyihalariga hukumat tomonidan subsidiya beriladi. Bu elektr energiyasi uçun köproq haq tölaşga majbur bölgan oddiy fuqarolarning noroziligini keltirib çiqardi. Biroq, eng yangi şamol stansiyalari texnologiyalarning rivojlanişi tufayli «salbiy subsidiyalar» bilan işlaşga qodir, ya'ni ular tezda davlatga pulni qaytaradi va aholi uçun elektr energiyasi tölovlarining pasayişiga olib kelişi mumkin. Imperiya kolleji mutaxassislari şunday xulosaga kelişdi, deb yozmoqda ZME Science.

«Yaqinda dengiz şamoli energiyasini işlab çiqariş şunçalik arzonga tuşadiki, bunda u qazib olinadigan yoqilğida işlaydigan elektr stansiyalaridan foydaliroq böladi va Britaniyadagi eng arzon energiya turiga aylanadi. Odatda, energetika uçun subsidiyalar uy xöjaliklariga elektr energiyasi tölovlarni oşiradi, lekin bir neça yildan söng qayta tiklanadigan arzon energiya foydaliroq böladi. Bu ajoyib yutuqdir», - dedi yetakçi tadqiqotçi Malte Yansen.

Yangi şamol stansiyalarini quriş böyiça kimoşdi savdosida iştirok etayotgan energetika kompaniyalari hukumatga özlari işlab çiqargan energiyani sotiş uçun uzoq muddatli narx belgilamoqda. Ötgan yili Britaniyada rekord kimoşdi savdosi bölib ötdi, unda kompaniyalar ikki yil avvalgiga qaraganda 30 foizga arzonroq bölgan (1 MVt*s uçun taxminan 51 dollar) toza energiya beruvçi dengiz şamoli stansiyasi qurişni taklif qilişdi. 

Mutaxassislar uşbu tendensiyalarni tahlil qilib, barça körsatkiçlar böyiça şartnoma narxlari pasayişda davom etişini aniqladilar. Şunga öxşaş tendensiyalar Niderlandiya va Germaniyada ham kuzatilmoqda, ammo Buyuk Britaniya şamol energetikasiga «salbiy subsidiyalar» bergan birinçi mamlakat bölişi mumkin.

Ya'ni, yangi soha nafaqat foyda keltiradi, balki butun mamlakat böylab iste'molçilar uçun işlab çiqarilgan energiya narxini sezilarli darajada pasaytirişga imkon yaratadi.

Şamol energiyasini işlab çiqariş narxlarining pasayişiga şamol stansiyalari texnologiyasining rivojlanişi sababdir: borgan sari kattaroq turbinalar paydo bölmoqda va ular şamol kuçliroq esadigan qirğoqlardan uzoqroqqa örnatilmoqda. Tadqiqotçilarning fikriça, Britaniyaning muvaffaqiyatini boşqa mamlakatlarda ham qöllaş mumkin.

Ötgan yilning kuzida Britaniyada buriliş yuz berdi - butun mamlakat uç oy davomida kömir, neft va gazdan köra köproq energiyani şamoldan oldi. Dekarbonizatsiya jarayoniga dengiz şamoli fermalarining qurilişi katta hissa bölib qöşildi.