Uluğbek Islomoviç Muhammadiyev prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Şu munosabat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Uluğbek Muhammadiyev 1977 yil Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti (tatbiqiy matematika va huquqşunoslik yönalişlari), prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi (xalqaro munosabatlar yönalişi)ni tamomlagan.
2001–2008 yillarda prezident devoni, prezident huzuridagi Sudyalarni tanlaş va lavozimlarga tavsiya etiş böyiça oliy malaka komissiyasi kotibiyatida mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. 2008–2017 yillarda jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining sudyasi sifatida faoliyat yuritgan.
Keyinroq davlat maslahatçisi örinbosari bölgan, 2018–2020 yillarda prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2020 yil yozida Davlat xizmatlari agentligiga rahbar etib tayinlangandi.
Ma’lumot uçun, 2020 yil kuzida uning örniga Baxtiyor Islomov prezident maslahatçisi Tursinxon Xudoyberganovning birinçi örinbosari lavozimida iş boşlagandi.













