Xalq ta'limi vazirligi Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda öquv yilini qay tarzda boşlaş ustida örganişlar olib bormoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilişiça, Xalq ta'limi vazirligi öz vakolatidan kelib çiqib öquv yilini boşlaş böyiça 3ta ssenariy ustida iş olib bormoqda:
1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlaşib, maktablar odatiy tartibda öz faoliyatini boşlaydi. Bu vazirlik va öquvçilar uçun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoşidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqişini, ulardan kattalarga yuqiş xavfi ham kamligini körsatmoqda;
2-ssenariy: Soğliqni saqlaş vazirligining Özbekistonda bolalarda virus keçişi böyiça xulosasi ijobiy bölmagan taqdirda ta'lim onlayn tartibda davom ettirilişiga töğri kelişi mumkin;
3-ssenariy: Gibrid ssenariy bölib, maktablar oçiladi. Maktablar ham sinf tizimiga ötkaziladi. Faqat ma'lum bir hudud, maktab holatidan kelib çiqib, öquvçilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olişi davom ettiriladi.
Bunda, dastlabki bosqiçda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn öqitişga imkon berilişi közda tutiladi, ya'ni davomat erkin böladi - oddiy darsda qatnaşsa ham yoki onlayn dars orqali qatnaşsa ham.
Bildirilişiça, yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e'lon qilinadi.
Aytilişiça, karantin qoidasi özgarişidan qat'i nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilişi rejalaştirilgan. Uşbu loyiha bolaning maktabdan taşqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlaş, öqituvçilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini oliş uçun doimiy imkoniyat maydoni bölib xizmat qiladi.












