Joriy yilning iyul oyi davomida 16 ta işlab çiqaruvçi tomonidan birja savdolarida jami 853,7 ming tonna sement sotilgan. Uşbu körsatkiç iyun oyida 770,7 ming tonnani taşkil qilgan (iyul oyida 83 ming tonna köproq).
Mahsulotga mavsumiy talabning yuqoriligini inobatga olib, iyul oyida birja savdolariga kunlik qöyiliş hajmi örtaça 42 ming tonnaga yetkazildi. Uşbu körsatkiç iyun oyida 32–33 ming tonnani taşkil qilgan edi.

Öz navbatida içki bozorda sementga bölgan talabni qondiriş va narx barqarorligini ta'minlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 23 iyuldagi «Tsement importi tartibini soddalaştiriş hamda içki bozorni sifatli sement bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 450-sonli qarori qabul qilindi.
Natijada 21 iyuldan boşlab (eng yuqori narx 20 iyul kuni kuzatilib, 891,4 söm bölgan) sementning örtaça narxi faqat tuşib bordi va 29 iyul kuni 761,8 sömni taşkil qildi — 15 foizga pasayiş.
Joriy yilning iyul oyi davomida sotilgan mahsulotning 96,4 foizi «Qizilqumsement» AJ, «Ohangaronsement» AJ, «Bekobodsement» AJ, «Quvasoysement» AJ, «Olmaliq KMK» AJning Jizzax va Şerobod zavodlari uluşiga töğri keladi.

Tsement markalari böyiça esa eng köp sotiliş hajmi «Olmaliq KMK» AJning Ps II A-K (P-I) 32,5H markasida kuzatilgan bölib, iyul oyida 275,9 ming tonna sotilgan.
Iyul oyida sement böyiça birja savdolari xaridorlar va hududlar kesimida örganilganida Samarqand viloyatida joylaşgan taşkilotlar xarid qiliş böyiça peşqadam bölib, mazkur viloyatning 301 ta taşkiloti tomonidan jami 118,3 ming tonna mahsulot xarid qilingan. Uşbu hajm birjadagi umumiy sement bozorining 14 foiziga teng.

Respublikaning barça şahar va tumanlaridan iyul oyida jami 3 509 ta taşkilot sement xarid qilgan bölib, uşbu körsatkiç iyun oyida 2 559 tani taşkil qilgan (nisbatan +950).















