Uning ta'kidlaşiça, mamlakatda kamida 281 ta fil nobud bölgan.
Nobud bölgan fillarning turli davlatlarda qilingan tahlillari natijalari ularning nobud bölişiga yuqumli kasallik sabab bölgani ehtimoli kamligini körsatgan. Olimlar aynan qanday zaharli modda fillarning köplab nobud bölişiga sabab bölganini aniqlaştirişmoqda.
Bostvanada fillarning ommaviy nobud bölişi mart oyidan boşlangan. Fillarning közdan keçirilişi ular brakonerlar tomonidan öldirilmaganiga işora qilmoqda: jonzotlar tanasida zöravonlik bilan öldirilgani alomatlari topilmagan, dandon tişlari ham joyida bölgan. Bunga kuydirgi sabab bölgani taxmin qilingan, biroq oxirgi tahlillar bu versiyani rad etgan.
Science Alert portali ma'lumotlariga köra, nobud bölgan fillarning aksariyati yuztuban yotgan holatda bölgan. Bu ular juda tez vaqt içida halok bölganini anglatadi. Bundan taşqari, ölik fillarning aksariyati Botsvana şimolidagi suv havzalari yonida, Okavango Delta köriqxonasida topilgan. Şu bilan birga, qöşni Namibiyada fillarning bunday ommaviy nobud bölişi kuzatilmagan.
Ta'kidlab ötiş joiz, Botsvanada Afrikadagi barça fillarning uçdan bir qismi, ya'ni 130 mingdan ortiqroq fil bor.












