26 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi qat'iy karantinni yana ikki haftaga uzaytiriş böyiça qaror qabul qilgan edi. Unga asosan, köplab muassasalar 15 avgustgaça yopiq qoladi, dam oliş kunlari transportlar harakatiga butun sutka davomida keng miqyosda çeklov qöyiladi.

Şanba va yakşanba kunlaridan taşqari, 31 iyul – Qurbon hayitining birinçi kuni ham respublika böyiça transportlar harakati taqiqlanişi belgilangan.

Maxsus komissiya Hayit bayramini uy şaroitida, oila davrasida, haşamatsiz va kamtarona, tartibli hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravişda karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda ötkazişni tavsiya etgan.

Özbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengaşining fatvosiga köra, Qurbon hayitini masjidlarda ado etiş mömin-musulmonlar zimmasidan soqit böladi. Özbekistonliklar buning örniga tört rakat Zuho (çoşgoh) namozini öqişlari mustahab böladi.

«Bu yilgi Qurbon hayiti karantin şaroitida nişonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanişiga sabab böladigan urf-odatlarni taşkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, ma'raka-marosimlarni ötkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanişni söraymiz. Xonadonda, oila-a'zolari bilan birga Qur'oni karim oyatlaridan tilovat qilib, ötganlarimiz ruhi poklariga baxşida etişni tavsiya etamiz», – deyilgan Musulmonlar idorasi bayonotida.

Qurbonlik göştini tarqatiş uçun maşinada harakatlaniş mumkinmi? IIV axborotiga köra, qurbonlik göştini tarqatiş niyatidagi fuqarolar savobli ehsonini karantin qoidalariga rioya etgan holda, mahalla raisi va faollari hamkorligida özlari yaşayotgan mahalla hududida amalga oşirişi maqsadga muvofiq.

Çunki Maxsus komissiya qarori bilan, 31 iyul – juma va 1-2, 8-9 avgust (şanba-yakşanba) kunlari faqat maxsus ruxsatnomaga ega va stiker olişi şart bölmagan avtomobillar (röyxat) harakatlanişi mumkin.

Bundan taşqari, fuqarolarga keçiktirib bölmaydigan tez tibbiy yordam körsatiş (homiladorlik, tuğruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlaniş terapiyasi, gemodializ yordamini körsatiş, test va qon topşiriş, jarrohlik amaliyoti zarur bölganda, inson soğliğiga va hayotiga xavf tuğdirayotgan boşqa holatlar) bilan boğliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan şaxsiy avtotransport vositalari harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnomalar talab etilmasligi belgilangan.

Mutasaddilarga yuqoridagi holatlarda fuqarolarning avtotransport vositalari harakatlanişiga tösqinlik qilmaslik, zarur hollarda fuqarolarni manziliga yetkazişda amaliy yordam körsatiş yuzasidan körsatma berilgan.

Total karantin kunlarida aholiga «özini özi yakkalaş» hayot tarziga qat'iy rioya etgan holda öz uylarida qoliş; davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş tavsiya etiladi.