Bugun, 31 iyul kuni tegişli vazirlik mutasaddilari iştirokida  prezidentning koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir farmoni ijrosiga bağişlangan onlayn matbuot anjumani ötkazildi.

Unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Akmalxon Ortiqov ehtiyojmand oila sifatida röyxatga olingan («temir daftar») va işga layoqatli fuqarolarning bu röyxatdan qaysi holatda çiqarilişiga ham aniqlik kiritdi.

«Biz hozir bu röyxatga kirgan fuqarolarni oziq-ovqat, dori-darmon yoki moddiy ta'minot bilan ta'minlayapmiz.

E'tiborli tomoni «temir daftar»ga kiritilgan 400 mingdan ortiq oilada yaşaydigan 1,7 mln aholining har biriga 1 oyga yetadigan 14 turdagi oziq ovqat mahsulotlaridan kelib çiqib, bir kişiga 220 ming sömdan, 4-5 kişilik oilaga esa 1 mln 100 ming sömdan naqd pul şaklida moddiy yordam körsatiladigan böldi.

Şu yilning 15 avgustiga qadar bu yordamlar egalariga yetib borişini ta'minlaymiz.

Bizning keyingi yagona yölimiz bu röyxatdagi mehnatga layoqatli fuqarolarni bandligini ta'minlaş, ularga iş topib beriş böladi. Ularni doimiy daromadli faoliyatga yönaltirişimiz kerak. Şundan keyingina bu fuqarolar röyxatdan çiqariladi. Bu yordamni oldi degani «temir daftar»dan çiqib ketdi degani emas» – deya Ortiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir örinbosarining sözlaridan keyin unga röyxatdagi işga yaroqli fuqarolar qançani taşkil etadi va ularni töliq hamda qoniqtiradigan mablağga ega iş bilan ta'minlaş va'dangiz qançalik real, mazmunida savol berildi.

Vazir örinbosariga köra, uşbu röyxatni şakllantiriş davomida mutasaddi vazirliklar unga kirgan mehnatga layoqatli fuqarolarni ham aniqlab olgan.

«Töğri, bularning hammasi davlat yoki xöjalik yurituvçi taşkilotlarda iş bilan ta'minlanadi degani emas. Oxirgi vaqtda e'tibor berayotgan bölsangiz, har bir işimiz moddiy ta'minoti orqali qilinmoqda. Masalan, oilaviy tadbirkorlik oçiş hisobiga özini-özi band qilgan fuqarolar uçun joriy yilda 5 trln.dan ortiq mablağ ajratiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, xizmatlar körsatiş dasturi orqali fuqarolar bandligini ta'minlaş. Bunga ham 1 trln.ga yaqin mablağ ajratilmoqda. Bunga ham şunday şaffof mehnizm qilindiki, fuqaro soliq idoralarining maxsus dasturi orqali röyxatdan ötsa, uning bandligi hisobga olinadi. Şuningdek, u belgilangan ma'lum tölovlarini tölab borsa, yillik mehnat stajiga ham ega böladi.