Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus şahriga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, davlat rahbari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi, Özbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov xotirasiga bağişlangan ta'ziya marosimlarida iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, 31 iyul kuni Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etgani ma'lum böldi.
Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lum qilişiça, Nukus şahrida yaşagan 73 yoşli Musa Yerniyazov 24 iyun kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir respirator distress sindrom, ötkir nafas va yurak qon-tomir, poliorgan, ötkir jigar va buyrak yetişmovçiliklari, boş miya şişi, insult kabi asoratlar bilan keçgan. Şuningdek, qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham oğrigan.
Bemor bir neça yildan buyon qandli diabet, gipertoniya, yurak işemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.
Musa Yerniyazovda koronavirus 24 iyunda tasdiqlangani ma'lum böldi. U bir oy oğir ahvolda bölgan












