Surxondaryoda fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hozirda tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yashovchi 49 yoshli B.E. fermer xo‘jaligi rahbari lavozimida ishlagan vaqtida 51 yoshli O‘.Q. bilan jinoiy til biriktirgan, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, ular fermer xo‘jaligiga qarashli 138-dala konturidan 3 nafar fuqaroga jami 69 sotix yer maydonini ajratib berishni aytib, ulardan 1.500 AQSh dollari va 71.000.000 so‘m pullarni olib, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Bandixon tuman bo‘limidagi tanishi 35 yoshli I.N. orqali tomorqa sifatida rasmiylashtirib berishni va'da qilgan.
Bildirilishicha, ular olgan pullardan 600.000 so‘mini kadastr hujjatlarini tayyorlab berish uchun I.N.ga berib, tomorqalarni rasmiylashtirib bermasdan, qolgan pullarni o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan B.E., O‘.Q. va I.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Bandixon tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
09:20 / 09.04.2024
1,5 gektar zaxiradagi yerni 200 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
07:36 / 09.12.2021