Finlyandiya boş vaziri Sanna Marin öz mahbubi bilan munosabatlarini nikoh töyi bilan mustahkamlaşga qaror qildi.

Dunyodagi eng yoş boş vazir hisoblanuvçi Marin futbolçi Markus Raykkonenga turmuşga çiqdi. E'tiborlisi, Marin öz turmuş örtoği bilan 16 yildan beri fuqarolik nikohidan ötgan holda yaşab keladi. 

Tantanali marosim boş vazir qarorgohida 1 avgustda bölib ötgan. Unga juftlikning yaqin qarindoşlari va tanişlari, jami 40 kişi taklif etilgan.

Juftlik 2 yoşli qiz farzandni tarbiyalab keladi.

Finlyandiya parlamenti 34 yoşli Marinning nomzodini boş vazir lavozimiga 2019 yil 10 dekabrda ma'qullagandi. Uning nomzodini 99 deputat qöllab-quvvatlagan, 77  deputat qarşilik bildirgan. Natijada Marin dunyodagi va Finlyandiya tarixidagi eng yoş boş vazirga aylangan. Bungaça dunyodagi eng yoş boş vazir nomi Ukraina boş vaziri, 35 yoşli Aleksey Gonçarukka tegişli bölgan. 

Umuman olganda, Sanna Marin hukumatida ayollar köpçilikni taşkil qiladi: 19 vazirdan 12 nafari ayol kişilardir. Şuningdek, Finlyandiyaning eng yirik beş partiyasidan törttasiga ayollar yetakçilik qiladi.