AOKAda bölib ötgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusda ingalyatsiya yordam berişiga oid savolga javob qaytardi.

«Ingalyatsiya turli yötal şakllarida balğamni yumşatiş va drenajlaşda yoki bronxospazmlarda spazmni yöqotişda turli dori-darmonlarni qöllaş bilan tavsiya etiladi. Koronavirus bilan kasallanişda balğamsiz, quruq yötal kuzatiladi. Bunday holatda ingalyatsiya qiliş yalliğlanişga yoki yötal kuçayişiga olib kelişi mumkin. Şunday ekan, kasallik bosqiçini hisobga olgan holda, ingalyatsiyani qöllaş qat'iy şifokor tavsiyasi va nazorati ostida tavsiya etiladi», deya javob bergan ştab a'zosi.

Bundan taşqari, koronavirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma'lumotlar mavjudligi töğrisidagi savolga ham javob berildi.

«JSST tomonidan bu kasallikka hamma çalinişi mumkinligi töğrisida ma'lumot berilgan. Bugungi kundagi holatga töxtaladigan bölsak, niqob taqib yuriş va ijtimoiy masofa saqlaş hamda imkon qadar özini alohidalaganlarga yuqiş ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tuşişi kamayadi. Odamlar bilan muloqotni çeklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt ötib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir töqnaşadi va şu davrda koronavirusning kasallik çaqiriş qobiliyati kamaygan bölsa yengil keçiradi», dedi Sevara Ubaydullayeva.

Brifingda pandemiya şaroitida taksi bilan şuğullanuvçilar uçun maxsus talablar haqida ham ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida taksi bilan şuğullanuvçilar uçun maxsus talablar mavjud:

  • Haydovçi va yölovçini kasallik yuqtirişidan himoyalaş maqsadida şaffof plastik yoki klyonka bilan avtomaşina salonini ikkiga ajratiş;
  • Yölovçilar maşinani orqa saloniga ötirişgani maqsadga muvofiqdir, bu bilan ma'lum masofalaniş imkoniyati yaratiladi;
  • Şu bilan birga, niqoblarni taqiş talablariga rioya qilgan holda yölovçi va haydovçi niqoblarda bölişlari kerak;
  • Şuningdek, avtomaşina haydovçisi doimiy ravişda antiseptik vositalardan foydalanişi zarur.