Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish qoidalari haqida ma'lumot berildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a'zosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish tartibi bo‘yicha ma'lumot berdi.

«Ommaviy dafn marosimlari – virus tarqalishi uchun qulay fursatdir. Dafn marosimlarida ko‘pchilik yig‘ilmasligi lozim. Dafnga kelganlar ijtimoiy masofa – 1,5 metr oraliqni saqlashlari, tibbiy niqob va qo‘lqop taqishlari, antiseptik vositalar bilan qo‘llarini tozalab turishlari kerak. O‘zaro ko‘rishishni vaqtincha tark etish muhim.
Mayit tibbiy xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda yuvilishi lozim. Ya'ni g‘assol niqob va qo‘lqopda bo‘lishi kerak. G‘uslda ishlatilgan barcha narsalar yoqib yuborilishi, chelak va boshqa asboblar xlor kabi vositalar bilan dezinfeksiya qilinishi hamda 5-6 soatga quyosh ostida quritilishi kerak.
Agar mayit tibbiy xodimlar tomonidan maxsus matolar bilan o‘rab qo‘yilgan bo‘lsa, ularni tibbiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochish mumkin emas. Bunda mayitni qayta g‘usl qilish shart bo‘lmaydi.
Janoza namozi uzog‘i bilan 5-7 daqiqa davom etishi lozim. Janozada sog‘ligi zaif, keksalar va yosh bolalar ishtirok etmasliklari kerak. Qatnashuvchilar ijtimoiy masofani saqlashlari muhim. Tibbiyot xodimlari mayitni qabristonga olib kelishgan bo‘lsa, janoza o‘sha joyda ado etilishi kerak.
Dafn marosimi odatdagidek amalga oshiriladi. Unda ham iloji boricha kam odam ishtirok etishi lozim. Dafndan so‘ng qabristondan tezda uyga qaytib, poklanish choralarini ko‘rish lozim. Ma'rakalarni faqatgina oila davrasida o‘tkazish tavsiya etiladi», – deydi Mirzamaqsud Alimov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusdan vafot etganlarning jasadini berish tartibi o‘zgarishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

00:30 / 05.07.2025
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

10:41 / 13.03.2025