Farğona viloyatida xususiy maktabgaça ta'lim taşkilotlari, buyum va çorva mollari, quriliş mahsulotlari bozori, sartaroşxona va gözallik salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, 3 avgust kuni Farğona viloyatidagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda karantin qoidalarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş maqsadida koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş ştabining yiğilişi bölib ötgan. Yiğiliş bayoniga muvofiq, 3 avgust kunidan boşlab Farğona viloyatida hududidagi xususiy maktabgaça ta'lim taşkilotlari, buyum va çorva mollari bozorlari, quriliş mahsulotlari savdo majmualari hamda sartaroşxona va gözallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgan.

Viloyatda epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda karantin talablari bosqiçma-bosqiç yumşatiladi. Bozorlar, savdo majmualari, gözallik salonalari, sartaroşxonalar va xususiy boğçalar belgilangan karantin qoidalariga qat'iy rioya etişi şart hisoblanadi. Ya'ni kiriş eşigiga dezinfeksion tunellar örnatiş, har bir xodim va taşrif buyuruvçilarning şaxsiy himoya vositalari – niqoblarda bölişlari, ijtimoiy ikki metrlik masofani saqlaşlari, bir-birlari bilan qöl berib söraşmaslik talab etiladi.