Uning ta'kidlaşiça, ayni vaqtda odamlarning koronavirusga bardoşliligi böyiça köplab tadqiqotlar ötkazilmoqda va köplab ma'ruzalar e'lon qilinmoqda. Bu tadqiqotlar JSST tomonidan sinçkovlik bilan örganmoqda.
“Aksariyat tadqiqotlarning körsatişiça, 10 foizdan kamroq odamlar qandaydir vaqtda koronavirusga çalinganlar. Tibbiy xodimlar virusga köproq darajada çaliniş xavfiga ega, şu sababli ular orasida virusga çalinganlar köp”, deb ta'kidlab ötgan van Kerkxove.
Mutaxassisning ma'lum qilişiça, koronavirusga çalinganlar orasida ölim darajasi rasmiy statistika böyiça hisoblangandan köra kamroq bölişi mumkin va 0,6 foizga yaqinni taşkil qiladi. Uning ta'kidlaşiça, bunday koeffitsiyentni qayd qilinmagan kasallaniş holatlari ham hisobga olinganda oliş mumkin.
“Köplab mutaxassislar hozirda virusdan ölim koeffitsiyentini barça kasallanganlar (jumladan, kasallikni alomatsiz ötkazganlar va şifokorlarga murojaat qilmaganlar) orasidagi ölim darajasini hisobga olib örganmoqdalar”, deb qöşimça qilgan mutaxassis. Uning ta'kidlaşiça, bu holda koronavirusdan ölim darajasi 1 foizdan kamroqni, ba'zi tadqiqotlarda esa 0,6 foizni taşkil qilmoqda.
Van Kerkxovening ta'kidlaşiça, bu raqamlar bir qaraganda unçalik xavfli tuyulmaydi, biroq tez tarqaluvçi virus uçun aslida juda kattadir. “Şu sababli e'tiborni kasallaniş holatlarining oldini olişga qaratiş lozim. Bunda kasallangan kişi nafaqat özini, balki boşqalarni ham himoyalaşi lozim”, deb qöşimça qilgan JSST vakili.












