Tarix fanlari doktori, professor, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi Ğulomqodir Raşidov 2020 yil 1 avgust kuni 94 yoşida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar bergan.
1926 yil 6 iyulda Toşkent şahrining Beşyoğoç dahasida tavallud topgan. 1943 yil Örta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetiga öqişga kirgan. Ilmiy faoliyatini 1960 yildan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida boşlagan. 1967-1986 yillar davomida ÖzR FA Tarix institutining «Şaharlar tarixi» bölimi mudiri, 1960, 1986-1992 yillarda Özbekiston tarixi davlat muzeyi direktori vazifasida faoliyat körsatgan.
Ilmiy faoliyati davomida Özbekiston şaharlarining tarixini örganişga katta e'tibor berdi. 1960-1980 yillarda köpgina şaharlar tarixi, ularning jamiyatdagi ahamiyatiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Uning rahbarligida Toşkent, Samarqand, Xorazm, Andijon, Qöqon va boşqa şaharlar tarixini özida aks ettiruvçi qator ilmiy naşrlar çop etildi. Qadimgi şaharlar bilan bir qatorda XX asrda taşkil topgan şaharlar tarixi böyiça ham katta izlanişlar olib bordi. Olimning sa'y-harakati bilan Olmaliq, Bekobod, Çinoz, Navoiy, Boysun, Yangiyer, Guliston kabi önlab yangi şaharlar tarixini yaratildi.
Özining muzeydagi faoliyati davomida muzey ekspozitsiyasini takomillaştiriş, muzeyşunoslikka oid ilmiy asarlar naşr etiş, muzey fondlarini boyitişda alohida faollik körsatdi.
Ğ.Raşidov 160 dan ortiq ilmiy naşrlar, 300 dan ortiq maqolalar çop etgan. Şuningdek, uning rahbarligida 30 dan ortiq fan doktori va nomzodlari muvaffaqiyatli himoya qildi. Özining ilmiy-pedogogik faoliyati davomida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutida talabalarga Özbekiston tarixidan saboq berdi.













