https://ok.ru/videoembed/1616854780607
«Koronavirus infeksiyasi qon tomirlarining içki qavatini şikastlaydi. Şuning uçun bu infeksiyada xavf guruhiga yurak-qon tomir xastaliklari – yurak işemik xastaligi, qandli diabet, gipertoniya, metabolik sindromi bölganlar kiradi. Çunki ularda avvaldan qon tomirlarda özgarişlar böladi, koronavirus ta'sirida bu çuqurlaşişi va xavfli asoratlarga olib kelişi mumkin. Ularda pnevmonit ham oğir keçadi.
Bu bemorlarda koronavirus kuzatilganda darhol şifoxonaga yotqiziş tavsiya etiladi. Çunki kasallik tösatdan avj olib, xavfli asoratlarni çaqirişi mumkin», dedi mutaxassis «Tez yordam» körsatuvida.
Kardiolog yurak kasalliklari bölgan bemorlar Covid-19’da qabul qilişi kerak bölgan dorilar guruhini sanab ötdi.
«Yurak kasalliklari bölgan bemorlar koronavirus muolajalarini qabul qiliş bilan birga kardiologik dorilarini içişda ham davom etişlari kerak.
Yurak-qon tomir kasalliklari bölgan bemorlarni Covid-19’dan davolaşda antikoagulyant va antiagregant dorilar qöllanişi kerak. Anitkoagulyantlar vena tomirlaridan tromblar hosil bölişiga yöl qöymaydi, ular bemorning vazniga qarab belgilanadi.
Antiagregantlar odatda Covid-19’da işlatilmaydi, faqatgina yurak-qon tomir kasalliklari bölgan bemorlarga buyurilişi kerak. Antiagregantlar arterial qon tomirlarida trombotsitlarning yopişişini kamaytiruvçi ta'sir körsatadi», dedi u.












