Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 4 avgust kuni pandemiya davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Koronavirus tarqalişi sabab iqtisodiy faollik çeklangani odamlarning rözğoriga öz ta'sirini ötkazmay qolmadi. Bunday şaroitda vaqtinça işsiz qolgan, daromad manbasini yöqotgan va oğir ahvolda kun keçirayotgan aholini qöllab-quvvatlaş, ularga yordam qölini çöziş dolzarb vazifa hisoblanadi.

Prezidentimizning 30 iyul kuni qabul qilingan «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni şu borada juda muhim qadam böldi. Hujjatga muvofiq, budjetdan qöşimça 2 trillion söm ajratilib, uşbu mablağlar 1 million 700 ming nafar yordamga muhtoj aholi, 3 million 700 ming nafar pensioner va joriy yil yakuniga qadar qöşimça 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvçilarga yönaltirilişi belgilangan.

Xususan, ötgan 5 kunda ehtiyojmand oilalarga jami 148 milliard söm moddiy yordam tarqatildi. Avgust oyida 1 million 700 ming aholi va 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimlariga 780 milliard söm tölanişi közda tutilgan.

Kerakli paytda kerakli madad olib, xalqimiz bu işlardan rozi bölmoqda. Şu bilan birga, moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalar röyxatlarini töğri va haqqoniy şakllantiriş, ajratilgan mablağlarni adolatli tarqatiş böyiça aniq körsatmalar berildi.

Yiğilişda aholiga ijtimoiy yordam tölovlarini yetkazib beriş böyiça sektor rahbarlari va mahalla mutasaddilarining mas'uliyatiga e'tibor qaratildi.

Davlat nozirlik organlariga mablağlarning töğri taqsimlanişi va tölanişi yuzasidan doimiy nazorat örnatiş, qonun buziliş holatlarining oldini oliş topşirildi.

Şavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholi bilan işlaşda yangi, şaffof va adolatli tizim yölga qöyilişini ma'lum qildi. Prezidentning bugun imzolangan «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etiş tartib-taomillarini avtomatlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda Ijtimoiy himoya yagona reyestri joriy etilişi belgilandi.

Mazkur tizim Sirdaryo viloyatida tajribadan ötib, öz samarasini körsatgani va joriy yil yakuniga qadar uni barça hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etilişi ta'kidlab ötildi.