«Tez yordam» loyihasining navbatdagi sonida Toşkent şahar 4-sonli tuğruq majmuasining homiladorlar patologiyasi bölimi mudiri Zarina Igamova homilador ayollarda tana haroratining kötarilişi, ularda koronavirus kasalligining belgilarsiz keçişi, bunday holatda e'tibor qaratiş kerak bölgan jihatlar haqida aytib ötdi.

https://ok.ru/videoembed/1617351150271

«Agar kasallik belgilarsiz keçadigan bölsa, kuzatuvni poliklinikadagi vraç olib boradi. Agar homilador ayolda isitma kötarilişi kuzatilsa, bu ayol COVID-19 bilan kasallangan yoki kasallanmagan bölişidan qat'i nazar, statsionarga yuborilişi şart.

Homilador ayol 37,2 darajadagi isitma bilan yurişi mumkin degan fikr örinsiz. Homilador ayollardagi 37,2 bölgan isitma ham şifoxonaga yotiş uçun körsatma hisoblanadi. Çunki bunda nafaqat homilador ayol, balki homila haqida ham öylaş kerak.

COVID-19 bilan boğliq yoki boğliq bölmagan isitma sababli homiladagi özgarişlar, suvining kamayib ketişi, homilada gipoksiya holatlari ham kuzatilişi mumkin. Virus onaga ozgina ta'sir qilganday bölib, lekin homilaga köproq ta'sir qilişi mumkin. Şuning uçun ham homilador ayol albatta vraç körigida bölişi kerak.

COVID-19 taşxisi qöyilgan homilador ayollar yoki tuğib bölgan, ammo taşxisi bor ayollarga hozirda Toşkent şahrida ikkita – 3 va 7-tuğruq muassasalari xizmat körsatyapti», – dedi şifokor.

Avvalroq ştab a'zosi. professor Anvar Alimov ma'lum qilgandiki, koronavirusning homilaga salbiy ta'siri homiladorlikning dastlabki olti oyi, ya'ni homila organlarining şakllaniş davrida yuqori bölişi mumkin.

Soğliqni saqlaş vazirligi boşqarmasi boşliği Barno Abdusamadova koronavirusga çalingan, yondoş kasalliklari bölmagan ayollarda umuman ölim holatlari kuzatilmaganini ma'lum qilgan.