Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudi 2023 yil yanvarida homilador ayolni urib yuborib, uning ölimiga sababçi bölgan Nexia-3 haydovçisiga 11 iyulda hukm çiqargan, deya yozadi sud hukmini örgangan Gazeta.uz.
Jinoyat işi materiallariga köra, 2023 yilning 3 yanvar kuni taxminan soat 18:50 larda Nexia-3 avtomobili haydovçisi (sud hukmida uning ism-şarifi yaşirilgan) YTH sodir etadi. Hodisa Yaşnobod tumani Ohangaron yölining Yangiobod savdo majmuasi qarşisida röy bergan.
Sudlanuvçi yöl, ob-havo holatiga e’tibor bermagan, şuningdek, köriş masofasi çeklangani bois 37 haftalik homilasi bölgan yölovçi ayol S.M.ni urib ketgan, deyiladi sud qarorida.
Ayol oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yetkazilgan. Biroq 4 yanvar kuni olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Ayol vafotiga qadar öğil farzandni dunyoga keltirgan, biroq oradan ma’lum muddat ötgaç u ham dunyodan köz yumgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, ayol va çaqaloqning ölimiga boş miyaning yopiq jarohati hamda boş miyaga qon quyilişi sabab bölgan. Ularning ölimi YTH natijasida yuz bergani qayd etilgan.
Haydovçining aybi voqea joyidan olingan protokollar hamda tayinlangan ekspertizalar orqali isbotlangan.
Sudlanuvçi körsatmasida ayol Yangiobod savdo majmuasi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan ötganini, u 60-65 km/soat tezlikda harakatlanib kelayotgan bölganini, «kuçli yomğir, oldinda öng hamda çap qatorda maşinalarning yöqligi sabab» yölning öng tomonidan ötayotgan ayolni körmay qolganini aytgan. Haydovçi ötkinçi Damas’lardan birini töxtatib, uni şifoxonaga olib borgan.
Haydovçi jabrlanuvçiga yetkazilgan barça zararni qoplaganini bildirib, suddan yengilroq jazo tayinlaşni söragan.
Marhumning onasi sözlariga köra, ayolning eri va öğli xorijdaligi sabab sud jarayonida qatnaşmagan. U sudlanuvçiga heç qanday da’vosi yöqligini va unga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşni söragan.
Sudya Anvar Ikromov sudlanuvçini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş / muayyan huquqlardan mahrum qilib, 10 yilgaça ozodlikni çeklaş) bilan aybdor, deb topdi va unga nisbatan 3 yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qiliş hamda 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.















