Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Anvar Alimovning sözlariga köra, homiladorlikning dastlabki olti oyida koronavirusning xavfi yuqoriroq böladi.
«Homila 6 oylik bölguniça ona virusga qarşi spetsifik preparatlarni qabul qila olmaydi. Bu davrda homilaning organlari şakllanadi. Virusga qarşi preparatlar homilada nuqson çaqirişi mumkin.
Şu bois bu davrda bölajak onalar öta ehtiyotkor bölişi kerak», dedi Alimov AOKAdagi matbuot anjumanida.
Ştab a'zosi Habibullo Oqilovning qayd etişiça, homiladorlarning koronavirusni yuqtiriş ehtimoli boşqalar bilan bir xil.
«Homiladorlarning koronavirus bilan kasallaniş ehtimoli boşqalarniki bilan bir xil. Ular har qanday infeksiyadan, şu jumladan, koronavirusdan ham ikki hissa köproq ehtiyot bölişi kerak», deya Oqilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












