Yaqinda, aniqroği 2020 yil 27 iyul kunida Germaniyaning dunyoga maşhur Volkswagen avtokonserni özining Özbekistondagi rasmiy dileri faoliyatini boşlagan va mahalliy avtobozorga bir platformada işlab çiqilgan 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy avtomobillari bilan kirib kelgan edi.

Xususan, asosan, yuk taşişga möljallangan Volkswagen Caddy Cargo avtomobili 172 mln 100 ming sömdan sotilişi ma'lum qilindi.

Volkswagen Caddy Combi 190 000 000 söm, Volkswagen Caddy Trendline esa

221 900 000 sömdan sotilişi onlayn taqdimot marosimida e'lon qilindi.

Ta'kidlaş örinliki, avtohavaskorlar tomonidan uzoq kutilgan yangilikdan söng, köpçilik orasida nemis avtogigantining mazkur modellari asossiz ravişda qimmatligi xususida, Yevropa mamlakatlari yoki Rossiyada ham uşbu modellarni ança arzonga sotib oliş mumkinligi haqida qizğin muhokamalar böldi.

Şu munosabat bilan Özbekistonga olib kirilgan mazkur modellar Özbekistonga yaqin davlatlar, jumladan Germaniya, Polşa, Rossiya va Ukrainada qançadan ekaniga doir öziga xos örganiş ötkazişga qaror qildik. Albatta, taqqoslaş uçun birlamçi bozor narxlari olindi va qiyoslandi. 

Özbekistonda sotilayotgan Volkswagen Caddy narxlarini taqqoslaş osonroq bölişi uçun Markaziy bankning 2020 yil 4 avgustdagi dollar kursi bilan qayta hisoblab çiqamiz. Bunda biz quyidagi natijalarga ega bölamiz.

Cargo

Volkswagen Caddy Cargo 172 100 000/10209.86 = 16,856.254 AQŞ dollarini taşkil etadi.

Combi

Volkswagen Caddy Combi 190 000 000/10209.86 = 18,609.46 dollar

Trendline