Amerikadagi bir neçta ştatlar aholisiga Xitoydan nafaqat uruğ solingan paketlar, balki boşqa jönatmalar ham kelmoqda, deb yozadi New York Post gazetasi.
Amerikaliklar quyoşdan himoya qiluvçi soxta Rayban közoynaklari, huştaklar olmoqda.
Ötgan oyda Kelli Litti ismli ayolga Xitoydan tibbiy niqoblar kelgan.
Nyu-York ştatida yaşovçilar ham mahalliy radiostansiyaga Xitoydan jönatilgan tibbiy niqoblar haqida xabar bergan. Endikott qişloğida yaşovçi Doun Proktorga esa eski paypoq kelgan.
Avgust boşlarida AQŞ, Portugaliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada yaşovçi kişilar poçta orqali uruğ solingan jönatmalar olgani xabar qilingandi. Jönatmalarda oq yoki qora rangdagi uruğlar bölib, jönatmalar ustiga Xitoy poçtasi stikeri yopiştirilgan.
Xitoy tomoni uşbu stikerlar qalbaki ekanligini bildirgan.












