Telegram asosçisi Pavel Durov messenjer sotilmasligini ma'lum qildi.
«Biz foydalanuvçilarimizga xiyonat qiliş bilan şuğullanmaymiz. Biz Telegram’ni sotmaymiz — na qisman, na töliq. Bu har doim bizning pozitsiyamiz bölib qoladi», — dedi u.
Durovning sözlariga köra, unga Telegram’ni bloklaşni istagan mamlakatlar bilan boğliq ikkita fond taklif bilan çiqqan. Takliflarda messenjer tez orada işlaşdan töxtaşi, şuning uçun kompaniyaning ularda joylaşgan qismini sotiş yagona yöl ekanligi aytilgan.
«Biz ayrim mamlakatlardagi operatsion quvvatlarimizni sotiş töğrisidagi takliflarni hamişa rad etganimizdan faxrlanaman», — deb ta'kidladi u.
18 iyunda Rossiyada Telegram blokdan çiqarildi. Messenjerni 2018 yildan buyon mamlakat hududida bloklaşga harakat qilişgandi.












