Forbes Real-Time reytingi ma'lumotlariga köra, 5 avgust holatiga Doğistonlik senator Suleyman Kerimovning boyligi 24,7 milliard dollarga yetgan. Natijada u 24,6 milliard dollarga ega Vladimir Potanindan özib, peşqadamga aylangan. Röyxatning uçinçi poğonasida 21,9 milliard dollarga ega Vladimir Lisin turibdi.
Kerimovlar oilasi tarixda ilk marotaba Forbes reytingining eng yuqori çöqqisiga çiqib olmoqda. Ularning boyligini asosiy qismini Rossiyadagi eng yirik oltin qazib oluvçi «Polyus» kompaniyasi aksiyalari taşkil qiladi. Ularning 76,8 foizi senatorning öğli Said Kerimovga tegişli. Uning qölidagi aksiyalar hozirgi kunda 25,6 milliard dollarga baholanyapti. Ammo Kerimovning boşqa aktivlari va qarzlari ham bor. Şu tufayli, uning boyligi 24,7 milliard dollarga baholangan.
Saiddan (1995 yilda tuğilgan) boşqa Suleyman Kerimovning yana ikki nafar farzandi bor — Gulnora (1990) va Amina (2003).
Kerimovlar oilasining Forbes reytingi yuqori çöqqisiga çiqişiga «Polyus» aksiyalari narxining keskin kötarilişi sabab bölgan. 5 avgust kungi savdolarda qimmatli qoğozlarning qiymati 4 foizga oşgan va har birining narxi 18130 rublga yetgan. Yil boşidan hisoblaganda esa kompaniya deyarli 2,5 barobar qimmatlagan. Bu davr mobaynida oltin 34 foizga qimmatlab, troy unsiyasining narxi 1521 dollardan 2043 dollarga kötarilgan.
Ötgan oyda Forbes rossiyalik tadbirkorlar orasida Kerimovlar oilasi yil boşidan beri eng köp boyiganini, ularning boyligi 10 milliard dollardan 18 milliard dollarga yetganini qayd qilgan edi. Hozirgi vaqtda esa bu qiymat 14,7 milliard dollar ekani oydinlaşdi.












