Korxonada işlab turgan 800 nafardan ortiq xodim oylik daromadlaridan mahrum böldi. Bu haqda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil Kun.uz`ga ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, «Zarafshon Golden Group» MÇJ tomonidan 2019 yil yanvar-dekabr oylari uçun taqdim etilgan qöşimça soliq hisobotlarida Navoiy şahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tavofutlar aniqlanib, qöşimça soliq hisoblangan holatda MÇJ tomonidan soliq hisobotiga tuzatişlar kiritiş lozimligi söralgan.

Mazkur holatda jamiyat tomonidan 2020 yil 12 may kuni soliq hisobotlariga özgartirişlar kiritilib, aniqlaştirilgan soliq hisoboti dasturiy ta'minot orqali Navoiy şahar davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan. Biroq, mazkur aniqlaştirilgan hisobotlar noma'lum sabablarga köra qabul qilinmagan hamda «Zarafshon Golden Group» MÇJ bank hisob raqamiga şu kunning özida 4 211 473 028 söm miqdoridagi QQS undiriş böyiça inkasso tölov topşiriqnomasi qöyilgan.

«Zarafshon Golden Group» MÇJ tomonidan taqdim etilgan aniqlaştirilgan soliq hisoboti böyiça tuşintiriş beriş yakunlanmasdan turib, jamiyat hisob raqamiga qöşimça ravişda davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2 496 830 731 söm miqdorida hisoblangan QQS undiriş böyiça inkasso tölov topşiriqnomasi ham yuborilgan.

Vaholanki, Soliq kodeksining 121-moddasi 8-xatboşida belgilangan holatlarda aniqlaştirilgan soliq hisoboti böyiça soliq va penya summalari kamaytirilganda soliq organlari majburiyatga ega şaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablağlarini hisobdan çiqariş va budjet tizimiga ötkazişga doir bajarilmagan (töliq yoki qisman) inkasso topşiriqnomalarini çaqirib oliş töğrisida qaror qabul qilişi lozimligi körsatilgan.

Şu bilan birga, Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiş tartibi töğrisidagi nizomning 8-bandiga köra, hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinişi belgilangan.

Bundan taşqari, soliq organi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan davlat organlarining tadbirkorlik sub'yektlari uçun qonun xujjatlarida nazarda tutilmagan qöşimça hisobot turlari man etilganiga oid talabga ham rioya qilmagani aniqlangan.