2021 yilning 7 iyun kuni taxminan soat 15:52da Karmana tumanining Boğişamol mahallasi hududida, «Zarafshon Golden Group» MÇJga qaraşli ohak işlab çiqariş sexida yonğin kelib çiqqan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, yonğin texnologik jarayonning buzilişi natijasida yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar işçisi voqea joyida halok bölgan.
Şuningdek, yonğin joyida bölgan bir nafar FVV xodimi kuyiş tan jarohati bilan RŞTYoIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.
Avvalroq «Zarafshon Golden Group» MÇJning 91,5 foizlik uluşi Navoiy viloyat kengaşi deputati, Oliy Majlis Senati a'zosi Uluğbek Ğaniyeviç Fayziyevga tegişli ekani, uşbu kompaniya nafaqat Navoiy viloyatida, balki Toşkent şahrida ham quriliş işlarini amalga oşirib kelişi ma'lum bölgandi. Kompaniya Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlaridan 8,2 mlrd sömga 650 örinli karantin zonasini qurgan.
Mart oyida Quriliş vazirligi joylardagi qurilişlarni örganişi davomida Navoiy viloyati böyiça berilgan ma'lumotlardan ma'lum bölişiça, «Zarafshon Golden Group» Zarafshon şahrida şaharsozlikka ruxsat beruvçi hujjatlar rasmiylaştirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan köp qavatli turar joy obektida quriliş-montaj işlarini boşlagan.
Keyinroq «Zarafshan Golden Group» MÇJ qurilişdagi kamçiliklar bartaraf etilayotgani töğrisida xabar qilib, tegişli hujjatlar öz vaqtida rasmiylaştirilmagani va qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanganini bildirgandi.
















