Davergeodezkadastr qömitasi matbuot kotibi Ne'mat Atamuratov AOKAdagi ştabda ötkazilgan brifingda tugallanmagan bino uçun kadastr hujjatlari qilib beriş tartibi haqidagi savolga javob berdi.
«Qurilişi tugallanmagan binolar va inşootlarga bölgan huquqlar tegişli loyiha taşkiloti tomonidan ularning qurilişi boşlangani tasdiqlangan taqdirda davlat röyxatidan ötkazilişi mumkin. Asos – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori. Buning uçun siz davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berişingiz mumkin», dedi qömita matbuot kotibi.
Şuningdek, kimlar yakka tartibda uy-joy quriş uçun auksion savdolarisiz yer olişi mumkinligi haqida ham ma'lumot berildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 28 yanvardagi 63-sonli qaroriga muvofiq yakka tartibda uy-joy ajratib beriş auksion savdolari va auksion savdolarisiz quyidagi holatlarda beriş belgilangan:
- halok bölgan harbiy xizmatçilarning oilalariga;
- davlat va xususiy uy-joy fondidagi özlari egallab turgan uy-joyni tuman (şahar) hokimliklariga ötkazayotgan fuqarolarga va mulkdorlarga auksionsiz ya'ni töğridan töğri 0,04 gektargaça bölgan yer uçastkalari tuman hokimi qarori asosida beriladi.
Yer uçastkasini beriş böyiça imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boşqa a'zolariga tatbiq etilmaydi.
Ma'lum qilinişiça, Davergeodezkadastr qömitasi tomonidan zaxira yerlari töğrisidagi ma'lumotlarni onlayn köriş imkoniyatini beruvçi yer axborot tizimi geoportal yaratilmoqda. Hozirgi kunda davlat zaxirasida turgan yer maydonlari haqida ma'lumot oliş uçun tuman(şahar) hokimliklariga ariza bilan murojaat qilinadi va natijasi olinadi.

















