Boş prokuratura huzuridagi departament va DXXning Xorazm viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Tuproqqal'a tumani yer resurslari va davlat kadastri bölimi boşliği R.M. tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqçilik köli taşkil qiliş uçun 15 gektar yer maydoni ajratib beriş evaziga 20 000 AQŞ dollari pora talab qilib olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangani haqida xabar berilgan edi. Boş prokuratura ayni paytda uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilayotganini ma'lum qilgan. R.Mga nibatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Davergeodezkadastr qömitasi Tuproqqal'a tumanida röy bergan korrupsion holatga rasmiy munosabat bildirdi. Ma'lum bölişiça, 20 ming dollar pora obekti bölgan 15 gektar yer maydoni aslida R.M.ning akasi B.U.ga tegişli sun'iy baliq hovuzi bölgan. R.M. bu yerni «D» MÇJ nomiga ötkazib berişni va'da qilib, buning uçun pul söragani audioyozuv bilan tasdiqlangan. Natijada mansabdor jinoyat ustida qölga olingan.

«Aslida bu jarayonda yer maydonini ajratiş qanday bölişi kerak edi? B.U nomida bölgan 15 gektar sun'iy baliq hovuzi tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilişi va undan söng mazkur yer maydoni belgilangan tartibda tanlovga qöyilib, tanlov ğolibiga tuman hokimining qarori bilan ajratilişi va Yer kodeksining 5-moddasi beşinçi xatboşisiga asosan «yuridik şaxslarga qişloq xöjalik ehtiyojlari hamda boşqa davlat va jamoat ehtiyojlari uçun egalik qilişga, foydalanişga va ijaraga yer beriş» viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanişi lozim bölgan», deyiladi Davergeodezkadastr qömitasi axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan munosabatda.