«Davergeodezkadastr» qömitasi matbuot kotibi Ne'mat Atamuratov AOKAda ötkazilgan brifingda böş yerdan foydalaniş huquqini oliş qay tartibda amalga oşirilişi haqida ma'lumot berdi.

Unga köra, fuqarolar böş yer hududini aniqlab, uni tasarruf qilişni istagan taqdirda yerdan foydalaniş huquqini E-kadastr.uz portali orqali olişi mumkin.

«Mazkur portal böş yer uçastkalarining oçiq xaritasi bölib, unda respublikaning barça tuman va şaharlarida aniqlangan böş yer uçastkalari joylaştirilgan bölib, hozirda uşbu manzilda 18 329ta böş yer uçastkasi haqida ma'lumotlar mavjud.

E-kadastr.uz elektron portali orqali fuqaro özi aniqlagan böş yer maydonini xaritada belgilaşi va vakolatli organlar tomonidan körib çiqilişi uçun yuborişi mumkin.

Murojaat 5 iş kuni davomida «Davergeodezkadastr» davlat qömitasi mutaxassislari tomonidan örganib çiqiladi va natijasi ijobiy bölsa, E-kadastr.uz elektron portaliga joylaştiriladi. Keyingi bosqiçda talabgor E-auksion.uz sayti orqali ötkaziladigan auksionda iştirok etib, ğolib bölgan taqdirda yerni tasarruf etiş mumkin», dedi qömita rasmiysi.