«Umid qilamanki, Ukraina hududida terrorçilik faoliyatida gumon qilinganlarning barçasi amaldagi xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiq javobgarlikka tortiş uçun bizga topşiriladi», deb yozgan Zelenskiyning özi ham tvitterda.

Özaro suhbat davomida har ikki prezident iyul oyi oxirida Belarusda qöporuvçilik harakatlari sodir etişni rejalaştirganlikda gumonlanib, Minsk yaqinida qölga olingan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga aloqador bölgan odamlar bilan boğliq masalalarni ham muhokama qilişgan.

«Özaro suhbat çoğida har ikki davlatning vakolatli organlari örtasidagi özaro aloqalarning, xususan, Belarus hududida terrorçilik faoliyatida gumon qilingan şaxslarni Ukrainaga topşiriş muhimligi qayd etildi», deyiladi xabarda.

Belarusning BelTA davlat agentligi har ikki prezident örtasida bölib ötgan suhbatda Minskda qölga olingan rossiyaliklarning Ukrainaga topşirilişi masalasi muhokama qilinganini tasdiqlagan.

«Öz navbatida Aleksandr Lukaşenko, mamlakat huquq-tartibot idoralari bu masala böyiça Rossiya va Ukraina bilan imzolangan xalqaro şartnomalar doirasida hamkorlik qilişini ta'kidladi», deyiladi BelTA xabarida.

29 iyul kuni Minsk yaqinida «Vagner» XHK xodimlari bölgan 33 nafar rossiyalik hibsga olingan. Belarus davlat xavfsizlik kengaşining kotibi Andrey Ravkovning ma'lum qilişiça, qölga olinganlarning ayrimlari ukrain millatiga mansub va ular Ukraina fuqaroligiga ega. Rasmiy Minskning ma'lum qilişiça, hibsga olingan rossiyaliklar «saylov kampaniyasi paytida vaziyatni izdan çiqariş uçun» Belarusga kelgan.

Ukraina boş prokuraturasi 31 iyul kuni Belarusda hibsga olingan rossiyaliklardan 28 nafariga, ular orasida 8 nafari Ukraina fuqarosi ham hisoblanadi, «terrorçilik taşkilotiga aloqadorlik» moddasi böyiça ayblov e'lon qildi va Minskdan ularni Ukrainaga topşirişni söradi. Ukraina boş prokuraturasi bayonotiga köra ular «Donbassdagi qurolli mojarolarda iştirok etiş bilan boğliq jinoyatlar uçun» javobgarlikka tortilişi lozim.

Belarus rasmiylarining ma'lum qilişiça, hibsga olingan rossiyaliklardan 14 nafari Donbass hududida Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda iştirok etgan. Hibsga olinganlarning barçasi terakt tayyorlaşda gumon qilinib, ularga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.

Rasmiy Moskva Belarusda qölga olingan Rossiya fuqarolarining Turkiyaga uçib ketmoqçi bölganini aytgan. Lukaşenko esa Moskvaning izohini «yolğon va afsona» deb atagan.

Ukraina Rossiyani Donbassdagi ayirmaçilarni qöllab-quvvatlab kelişda ayblaydi. 2014 yildan beri bu hududda Ukraina armiyasi va ayirmaçilar örtasidagi qurolli mojarolarda 13 mingdan ortiq odam halok bölgan.

Rossiya tomoni Ukrainaning ayblovlarini tan olmaydi va Donbassdagi harbiy harakatlarda iştirok etiş uçun rossiyalik harbiylar yuborilayotgani hamda ayirmaçilarga qurol-yaroğ yetkazib berilayotganini rad etib keladi.