YUNISEF mazkur haftalik munosabati bilan pandemiya şaroitida çaqaloqlarni kökrak suti bilan oziqlantiriş masalalariga oid eng köp uçrayotgan savollarga javoblarni e'lon qildi.

COVID-19 kökrak suti bilan oziqlantirganda yuqadimi?

– Kökrak sutida koronavirus aniqlanmagan. Hozirgaça COVID-19’ning kökrak suti orqali yoki kökrak bilan emizganda yuqişi haqida faktlar yöq. Gödakni kökrak suti bilan oziqlantirişni töxtatişga heç qanday asos mavjud emas.

Koronavirus pandemiyasi böyiça holat yaxşi bölmagan hududlarda onalar farzandlarini kökrak orqali oziqlantirişi mumkinmi? 

– Ha. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy şaroitda kökrak suti bilan oziqlantiriş gödakning yaşovçanligini oşiradi, uning soğligi va rivojlanişi uçun uzoq muddatli foyda keltiradi. Kökrak suti bilan oziqlantiriş ona salomatligi uçun ham foydali.

Onada COVID-19 aniqlangan bölsa yoki şunga şubha bölsa, bolani emizişda davom etiş mumkinmi?

– Ha. COVID-19’ga şubha bölgan yoki tasdiqlangan ayollar öz istaklariga köra kökrak suti bilan oziqlantirişlari mumkin. Bunda ularga quyidagilar tavsiya qilinadi:

  • qöllarni sovun va suv bilan tez-tez yuviş yoki tarkibida spirt bölgan antiseptikdan foydalaniş (ayniqsa, bolaga tegişdan oldin);
  • bola bilan har qanday kontaktga kirişişdan avval, jumladan, kökrak suti bilan oziqlantirişdan oldin tibbiy yuz niqobini taqiş;
  • aksa urganda yoki yötalganda yuzni bir martalik salfetka bilan yopiş. Işlatilgan salfetkani darhol çiqindiga taşlaş va qöllarni qayta yuviş;
  • ona qöl tekkizgan yuzalarni muntazam ravişda yuviş va dezinfeksiya qiliş;
  • tibbiy niqoblarni har ikki soatda özgartiriş va keyinçalik çiqindi idişiga taşlaş muhimdir. Yuz niqobining oldi qismiga tegiş yoki uni qayta işlatiş mumkin emas.

Koronavirus aniqlangan yoki şubha qilingan ona bolani tibbiy niqobsiz emizişi mumkinmi?