«Hoshimov iqtisodiyoti» dasturi doirasida Behzod Hoshimov San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog olim Şarof Tugizov bilan «Covid-19’ning kelib çiqişi, tarqalişi va davosi» mavzusida suhbat uyuştirdi. 

- Nima uçun koronavirusga olingan test ba'zida notöğri çiqadi?

- Buning sabablari juda ham köp. Test tizimining özi mukammal işlamasligi mumkin. Ikkinçisi, namunaning qanday qilib olinişi. Agar namuna kasallikning boşida olinsa, unda xato kam böladi. Çunki burun-halqumda virus böladi. Agar kasallik belgilari boşlangan vaqtda bölsa, virus pastga tuşgan bölsa, virus yuqoriga köp çiqmasligi mumkin. Bu yerda köp narsa kasalga ham boğliq. 

Test natijalari notöğri manfiy yoki notöğri musbat çiqqanida vaziyatga qarab aniqlaş kerak. Natijani, PZR protokoli, bemorning ahvolini köriş kerak. Öşanda biror narsa deyiş mumkin. Buni umumiy qilib aytiş qiyin. Lekin [test natijalarida] xato juda köp bölyapti. 

- Harorat, bosim, namlik va koronavirus haqida gaplaşsak. Qanday namlik yoki bosimda virus özini yomon his qiladi? Namlik yuqori bölgani yaxşimi, yoki havo quruqroq bölgani yaxşimi? Issiq bölgani yaxşimi yoki sovuq bölganimi?

- Havo 35-38 daraja bölsa, namlik 95 bölsa, virus tez öladi. Yuqori namlikda pöstloği yemiriladi. Oftobda ham virus tez, 5-10 daqiqada öladi. Lekin bu taşqaridagi virus. Organizmni içidagi virusga u narsalar yordam bermaydi.

 - Virus havo orqali tarqaladimi? Masalan, binolarda umumiy konditsionerlar tizimi bor. Virusning fizik xususiyatlari haqida gapiradigan bölsak, virus havodan oğirmi, ya'ni masalan, oğzimdan çiqib, gravitatsiya bölib yerga tuşib ketadimi yoki havoda suzib ketadimi?

- Bu töğrisida olimlarda 2ta katta fikr bor. Birinçi fikr bu – aerogen virus. Ya'ni havo orqali tarqalişi mumkin. Agar konsentratsiya katta bölsa. Virus juda ham kiçkina narsa. U havoda ança vaqt bölişi mumkin. Agar tomçi bölsa, pastga tez tuşadi, lekin virusning parçalari bölsa, havoda yurişi mumkin.

Şuning uçun ham hozir Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga 200-300 nafar kişi virusni aerogen, havoda tarqaladigan deb e'lon qilinglar degan talab bilan çiqişdi. Lekin bu töğrisida kuçli ilmiy maqolalar yöq.

Xavf bor, havodan tarqalib ketişi mumkin. Şuning uçun ham niqob taqiş kerak. Virus havoda bölganida ham konsentratsiyasi past bölsa, uni niqob uşlab qoladi. Kiçik konsentratsiyadagi virus infeksiya çaqirmaydi.