«Bundan xavotir oliş kerak emas. Bir abituriyentning örniga boşqa abituriyent kirib qolişi holatlari bölişiga yöl qöyilmaydi. Har bir stolda abituriyentlar uçun javob varaqasini töldiriş böyiça körsatmalar böladi. Stadionlar tablolar, ovoz kuçaytirgiçlar bilan ta'minlanadi, test vaqti qaçon tugaşi haqida ma'lumot olib turiş uçun şaroit yaratiladi», – dedi Barno Rajabov 7 avgust kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.
DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov ijtimoiy masofa saqlaş şaroitida ötkaziladigan imtihonda ham nazoratçilar abituriyentlarga kerakli yordamni körsata olişini aytdi.
«Agar abituriyentga individual yordam beriş kerak bölsa ham, uning yoniga borib yordam körsatişlari mumkin. Hamma himoya kiyimlarida böladi», – dedi Sardor Rajabov.
Eslatib ötamiz, imtihonlar 2 sentyabrdan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda ötkaziladi.
Öqişga qabul qilingan talabalar uçun darslar 1 oktyabrdan yo an'anaviy şaklda, yo masofaviy tarzda boşlanadi.













