Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi exdoc.uz elektron hujjat almaşinuvi tizimini işga tuşirdi. Bu 2020 yil – “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da birja tomonidan amalga oşirilgan uçinçi (birinçi loyiha – yangilangan KYaS, ikkinçisi – elektron tanlov va tender) yirik loyiha hisoblanadi.

Exdoc – bu birjaning qulay elektron hisob-fakturalar xizmati bölib, undan nafaqat birja savdo iştirokçilari, balki boşqa korxona va taşkilotlar ham erkin foydalanişlari mumkin.

Tizimda 5 daqiqa mobaynida yuridik kuçga ega bölgan hujjatlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaş, yuboriş va qabul qiliş mumkin. Şuningdek, birjaning yangi elektron xizmati hujjatni maxsus şifrlangan kanal orqali yuboriş va uning bajariliş holatini tekşiriş imkonini beradi.

UZEX birjaning elektron hujjat almaşinuvi xizmati foydalanuvçilarning vaqt va mablağlarning tejalişi, hujjatlarni rasmiylaştirişda xatolarga yöl qöyiş ehtimolini kamaytiradi va biznes jarayonlarni samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

Vebsaytning qulay interfeysi va “aqlli” qidiruv tizimi hujjat almaşinuvini elektron şaklda yanada tezkor amalga oşirilişini ta'minlaydi. Yaqin kelajakda servisning 1C va billing tizimiga boğlanişi kutilmoqda.

Mazkur tizim Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 522-son va 2020 yil 18 martdagi 170-son qarorlariga muvofiq Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi qoşidagi “Uzex innovation” MÇJ tomonidan işlab çiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Qöşimça ma'lumot uçun, UZEX birjasining Call-markazi operatorlari va mutaxassislariga @uzexfeedbackbot telegram boti yoki +99871 207-00-33 telefon raqami orqali murojaat qilişingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida