Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem ikki hafta içida şaharning barça aholisi uçun koronavirusga bepul test yölga qöyilişini va'da qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Lemning qayd etişiça, test ötkaziş simptomsiz keçayotgan koronavirus holatlarini aniqlaşga va kasallikning hongkongliklar orasida tarqalişini sekinlaştirişga yordam beradi.
U şuningdek, tekşiruvlar barça sanitariya talablariga rioya qilgan holda ötkazilişini, hukumat navbatlar paydo bölişiga yöl qöymaslikka harakat qilayotganini aytdi.
Hongkongda 7,5 mln kişi yaşaydi. Şaharda koronavirus tarqalişi qaytadan avj olgan bölib, sutkasiga 100ga yaqin holat aniqlanmoqda.
Pandemiya boşlanganidan buyon Hongkongda 3,8 mingta kasallik yuqtiriş holati aniqlangan, 46 kişi vafot etgan.











