Rossiyaning Yoqutistondagi «Ebelyax» konida sarğiş-jigarrang tusli, 236 karat vaznga ega kristall qazib olindi. Bu mamlakat tarixidagi eng katta rangli olmosdir.

ALROSA kompaniyasi tomonidan qazib olingan qimmatbaho toşning ölçami - 47x24x22 mm. Uning yoşi dastlabki tadqiqotlarga köra 120 – 230 mln yil atrofida.

«Bunday kattalikdagi rangli olmos faqat mamlakatimiz tarixidagi noyob topilma emas. Yaqinda uni mutaxassislar tomonidan örganiş uçun Moskvaga yubordik. Tez orada uni öz ustalarimizga sayqallaş uçun beriş yoki xorij kompaniyalariga sotiş haqida qaror qabul qilamiz. Undan yuqori sifatli bir neça brilliant yasaş imkoniyati bor», – dedi ALROSA vakili Pavel Vinixin.

«Ebelyax» olmos koni Saxa Respublikasining (Yoqutiston) Anabar daryosi sohilida joylaşgan va bu yerda avvallari ham noyob qimmatbaho toşlar topilgan. Jumladan, 2017 yilda, bir oy davomida oç sariq, puşti va  qirmizi-puşti tusli uçta noyob toşlar qazib olingan. Uçalasi ham sayqallanib, brilliant körinişida ommaga taqdim qilingan. Ötgan yili «Jar-ptitsa» (Firebird) nomi berilgan va 20,69 karat vaznli sariq brilliant maşhur Graff Diamonds brendiga sotilgan edi.