Antitana yöqoladimi? Virusni qayta yuqtiriş mumkinmi? Covid-19'ga nisbatan immunitet haqidagi savollarga javoblar
|22:36 / 09.08.202059 70112 min
Yil boşida Xitoydagi sirli kasallikning qözğatuvçisi yangi koronavirus ekanligi aniqlanganda, olimlarning mamlakatda tobora kuçayib borayotgan epidemiya haqidagi xavotiri deyarli umidsizlikka sabab bölgandi. Qoida tariqasida, uşbu oilaga mansub virusga çalingan bemorlarda kuçli immunitet şakllanmaydi: tiklanişdan keyin olti oy yoki bir yil ötib, xuddi şu infeksiyani qayta osongina yuqtirib oliş mumkin.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Biroq, yangi virus haqida qança köp bilimga ega bölingan sari, şunçalik köp işonç hosil qilinyaptiki, Sars-Cov-2 özining ötmişdoşlaridan juda farq qiladi. Bu esa soğaygan bemorlarda immun himoyasi ança uzoq va hatto umrbod davom etadi, degan umidni beradi.
Ammo, hozirça bu faqat taxmin. Epidemiyaga qarşi kuraş strategiyasiga boğliq bölgan asosiy savollar javobsiz qolmoqda.
Pandemiya boşidan beri ötgan olti oy içida olimlar Covid-19'ga nisbatan immunitet haqida nimalarni bilib olişdi? Nima uçun virusni tadqiq etuvçilar va vaksina işlab çiquvçilarning aksariyati bu haqda optimistik fikr bildirişmoqda?
Immunitet özi nima?
Immunitet - organizmning infeksiyaga qarşi turiş imkoniyati, ya'ni u yoki bu kasallik qözğatuvçisini (virus, bakteriya yoki zamburuğ) zararsizlantiruvçi himoya.
Immunitet tuğma, ya'ni ajdodlardan meros qilib olingan (u kasallik bilan tölaqonli kuraşişga yordam beradi) va orttirilgan, ya'ni tuğilgandan keyinçalik - ma'lum bir infeksiya bilan töqnaş keliş natijasida (faqat undan himoya qiladi) şakllangan turlarga bölinadi.
Biror kasallik qözğatuvçisi bilan birinçi marta töqnaş kelinganda, bizning organizmimiz u bilan kuraşiş strategiyalarini işlab çiqadi va keyingi töqnaşuvda samarali qarşi tura olişni namoyon etadi. Bu aslida tanamiz eslab qoliş imkoniga egaligini va boşdan keçirilgan kasallikni qançadir vaqt ötib taniy olişini anglatadi.
Immun xotirasining - bu fenomen olimlar tomonidan şunday nomlanadi - odatiy xotiradan allaqaçon öçib ketgan hodisalar haqida «esdaliklarni» saqlaşi köp kuzatiladi.
Masalan, siz çaqaloqligingizda qanday qilib suvçeçak bilan kasallanganingizni yoki BsG bilan qay tarzda emlanganingizni eslay olmaysiz, ammo immunitetingiz buni yodda tutadi va tanangizga tuşgan suvçeçak virusini (yoki Kox tayoqçasini) zararsizlantirib, qayta kasallanişingizga imkon bermaydi.
Immunitet qançaga yetadi?
Immun xotirasi davomiyligi kasallik turiga boğliq. Suvçeçak, tepki yoki qizamiq aksariyat hollarda özidan keyin umrbod immunitet qoldiradi - ammo bu katta ehtimol bilan qoida emas, istisno holat.
Gepatitning A turi yoki sariq isitmadan himoya qiluvçi emlaşlar har 10 yilda takrorlanişi tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
Ajablanarlisi, mavsumiy gripp ham bemorda kuçli immunitet hosil qiladi - kiçik anglaşilmovçilik şundaki, bu virusning turli ştammlari orasida öz kuçini yöqotadi.
Gripp tez mutatsiyaga uçraydi, şu sababli bir neça oy ötmay qayta kasallaniş mumkin. Biroq bu holatda kasallik köpinça yengil şaklda keçadi, çunki avvalgi infeksiyaga nisbatan hosil bölgan antitana bemorni qisman himoya bilan ta'minlaydi (bu haqda batafsil quyida).
Antitana nima va u qanday işlaydi?
Organizm har qanday infeksiyaga kalitni namuna va xato usuli orqali yiğadi.
Tasavvur qiling, har bir virus parçasi - jimjimador tiğli xanjar, sizning tanangiz esa qin işlab çiqaruvçi zavod. Uşbu zavoddagi har bir konveyer aynan bir xil şakldagi ğilof işlab çiqaradi, ammo birgalikda ular ölçam va konfiguratsiya turfa xilligi çeksizligini ta'minlaydi.
Qinlardan birortasi xanjar şakliga mos kelişi va tiğ yopilişi bilan zavodning barça böş konveyerlari birdaniga katta kölamda aynan şu şakldagi qinlar işlab çiqara boşlaydi va ertami keçmi barça xanjarlar xavfsizlantiriladi.
Bu holatdagi har bir konveyer qonning maxsus hujayrasidir (ular B-limfotsitlari deb ataladi), qinlar esa uşbu hujayra işlab çiqaradigan oqsil molekulalari (antitana) hisoblanadi. Molekulalardan biri «tiğ» - koronavirus yuzasida körinuvçi tikan şakliga mos kelişi bilan uning şaklini özgartirib, ustiga «ötirib» oladi va virusning hujayraga singib ketişiga şu tarzda tösqinlik qiladi.
Virus hujayra taşqarisida köpaya olmaydi: özining nusxasini ştamplaş uçun unga hujayraning tarkibiy qismlari kerak. Şuning uçun virusli zarraçalar ortişi sekinlaşadi.
Aynan şu vaqtda organizm qaysidir antitana hujumni bartaraf etgani haqida belgi oladi va muqobil şakldagi molekulalarning «katta hajmli» işlab çiqarilişini boşlab yuboradi. Barça virusli zarraçalardagi tiğlar yopilişi bilan inson soğayadi.
Antitelaning virusga hujumi mikroskopda taxminan şunday körinadi
CHRISTOPH BURGSTEDT/SCIENCE PHOTO LIBRARY
Barça bemorlarda antitanalar bir xil böladimi?
Bu muhim emas, axir aynan bitta xanjarni turli qinlarga soliş mumkin.
Masalan, ğilof tiğdan juda kalta yoki uning kengligidan ingiçkaroq siğimda bölişi mumkin emas. Lekin, unga nisbatan uzunroq, tirqişi kengroq bölişi mutlaqo mumkin.
Olimlar Covid-19 bilan kasallangan bemorlar qonida organizm tomonidan infeksiyani töxtatiş ilinjida işlab çiqarilgan umumiy hisobda 250 xildan ortiq antitanalarni aniqlaşdi. Ulardan 28tasi kasallik bilan nisbatan samarali kuraşgan (ya'ni virusni yenggan).
Soğayişdan söng nima böladi?
Işlatilmagan qinlar «omborga yuboriladi»: antitana qonda qoladi va qayta yuqtiriş holatida organizmni himoya qilişni davom ettiradi. Aynan şuning uçun uni soğaygan bemorlar qonida hafta, oy yoki hatto yillar ötib ham uçratiş mumkin.
B-limfotsitlarining bir qismi hujayra xotirasiga aylanadi. Infeksiya bilan qayta töqnaş kelinganda ular faollaşadi va zaxiraga olingan konveyerni işga tuşirib, tezkor immun javobi qaytaradi.
Biroq bu odam virusni ikkinçi marta yuqtirib olişdan himoyalangan degani emas. Immun javobining kuçi köplab omillarga boğliq, birinçi navbatda - yuqtirilgan kasallik oğirligi va soğayişdan söng qança vaqt ötganiga.
Odatda kasallik qançalik jiddiy keçsa, qayta infeksiyalanişdan himoya şunçalik kuçli böladi. Davolanişdan söng qança vaqt ötgan bölsa, aksinça, immun javobi şunça kuçsizlaşadi.
Virusga nisbatan immunitet Covid-19 bilan kasallanmagan odamlarda bölişi rostmi?
Nazariya jihatidan, bölişi mumkin. Yuqorida ta'kidlanganidek, koronavirusdan antitana (boşqa kasalliklar singari) turli şakllarda bölişi mumkin. Ulardan ba'zilari nafaqat bir, balki bir neça infeksiyaga qarşi samarali böla oladi.
Masalan, epidemiya boşlanmasdan ança avval soğlom insonlardan olingan qon namunalarida (2015-2018) yangi Sars-Cov-2 koronavirusi ta'sirini yöqqa çiqaradigan samarali antitanaçalar topilgan. Vaholanki ular avvaldan boşqa bir kasallikdan himoyalaniş uçun işlab çiqarilgan.
Bu kabi antitanaçalar mavjudligining özi inson tölaqonli immun javobi qaytara olişini anglatmaydi. Biroq bu kabi insonlarda Covid-19'ning yengilroq şaklda keçişi ehtimolini oşiradi.
Umuman olganda, mutlaqo aksi bölişi mumkin. Gap virus öz-öziça organizmga katta xavf sola olmasligida - salomatlik bilan boğliq asosiy muammolar paydo bölişida bemorlarning şaxsiy immun tizimi sababçi böladi.
Oğir holatdagi bemorlardagi eng xavfli alomatlar aynan Covid-19 antitanaçalari işlab çiqarilişi boşlangandan söng kuzatilmoqda. Şuningdek, insonda avvalroq boşdan keçirilgan kasallikdan qolgan öxşaş antitanaçalar mavjudligi immun reaksiyasini (tsitokin böroni deb ataladi) kuçaytirişi va kasallik keçişini oğirlaştirişi ham istisno emas.
Koronavirusdan immunitet bilan faqat antitanaçalar ta'minlaydimi?
Qisqasini aytganda - yöq. Antitanalardan taşqari, infeksiya bilan kuraşda boşqa agentlar ham iştirok etadi, xususan T-hujayralari (yoki T-limfotsitlari deb ataladi) ham immun xotira şakllanişida iştirok etadi.
Bundan taşqari, sönggi ma'lumotlarga qaraganda, T-hujayralar Covid-19'ga immunitet tizimi javobida koronavirusga antitanaçalarga nisbatan katta ahamiyatga ega, çunki T-limfotsitlari hayotiyligi sezilarli darajada uzoq.
Xuddi yangi virusdan qisman himoyani ta'minlay oluvçi antitanaçalar bilan bölgani kabi, boşqa bir infeksiya bilan kuraşdan söng organizmda saqlanib qolganiga qaramay T-hujayralari muqobil xususiyatni körsatişi va hatto avval Covid-19 bilan töqnaş kelmagan odamlarda virus qözğatuvçisini yetarliça darajada kuçsizlantirişi mumkin.
Bu bemorlarning bir qismi kasallikni juda oğir şaklda boşdan keçirayotgan bir paytda, nega boşqalar Covid-19'ni heç qanday alomatlarsiz yengayotganining izohlaridan biri bölişi mumkin: oramizdan ba'zilar avval yengib ötilgan boşqa kasalliklardan qolgan immunitet tufayli qisman himoyalangan.
Gap şundaki, odatiy şamollaşni ham «tojli» (coronaviridae) oilaga mansub tört xil virus qözğatadi. Demakki, sönggi bir neça yil içida şamollaş bilan oğrigan köplab insonlar organizmida katta ehtimol bilan uşbu koronaviruslarning birortasidan antitana yoki avvalgi infeksiyani xotirasida saqlaydigan T-hujayralar mavjud.
Bu fenomen özaro faoliyat immuniteti deb ataladai va ba'zi ma'lumotlarga köra, bu kabi ixtisoslaşmagan T-hujayralar har uçinçi insonda uçraydi. «Özaro birlaşgan» antitanaçalar bilan esa sayyora aholisining yarmi Covid-19'dan qisman himoyaga ega bölişi mumkin.
«Çiniqqan immunitet» nima?
T-limfotsitlari va antitanaçalardan taşqari, sönggi yillarda olimlar tomonidan tez-tez takrorlanayotgan, «tuğma çiniqqan immunitet» deb ataluvçi yana bir himoya mexanizmi mavjud.
Yuqorida ta'kidlanganidek, irsiy immunitet ixtisoslaşmagan, ya'ni muayyan bir infeksiyaga qarşi yönaltirilmgan. Biroq borgan sari köplab tadqiqotlar şuni körsatyaptiki, u ham garçi uzoq vaqtga bölmasa-da, boşdan keçirilgan kasallikni eslab qoliş xususiyatiga ega.
Makrofaglar, monotsitlar va tabiiy killerlar avval töqnaş kelingan virus va bakteriyalarni samaraliroq kuçsizlantiradi va hatto organizmga mutlaqo yangi patogenlardan ham himoya qila oladi.
Xususan, ba'zi izlanişlar ma'lumotlariga köra, silga qarşi emlaş (BsJ) organizmni sariq isitma va boşqa infeksiyalardan qisman himoya bilan ta'minlaşi mumkin.
Çiniqqan immunitetga ega odamlar infeksiyaga kamroq çalinadi, yuqtirilgan vaqtda esa kasallikni köpinça yengil şaklda ötkazib, tezroq soğayadi.
Şunday qilib, Covid-19'ni qayta yuqtiriş mumkinmi?
Hozirça koronavirus bilan qayta kasallaniş haqida birorta ham işonarli ma'lumot yöq. Olimlar bu bölişi mumkinligini istisno etişmayapti, ammo yuqorida keltirilgan kontekstdan ma'lumki - bunday kasallaniş ehtimoli juda yuqori emas.
Tadqiqotlar körsatişiça, Covid-19'dan soğaygan bemorlarning aksariyati va hatto virusni alomatlarsiz yengganlar qonida ham maxsus antitanaçalar aniqlanmoqda.
Boşqa köplab virusli kasalliklar holati kabi, ularning konsentratsiyasi xastalikni oğir şaklda ötkazganlar qonida yuqori, ammo bu har qanday holatda 3 oy ötiboq taxminan ikki barobarga kamayadi. Ba'zida bu bir neça hafta içida ham kuzatiladi.
Sars-Cov-2 birinçi marta atigi yetti oy avval aniqlangani sababli, olimlar orttirilgan immunitet qança vaqt davom etişi va qayta zararlaniş ehtimoli nuqtayi nazari haqida taxminlar berişdan tiyilişmoqda. Biroq uning köproq örganilgan ötmişdoşlari - SARS (atipik pnevmoniya) va MERS (Yaqin Şarq respirator sindromi) viruslariga asoslanib ba'zi xulosalarga keliş mumkin.
2002-2003 yillarda SARS bilan oğrigan bemorlar qonida virusga maxsus antitanaçalar örtaça 2 yil davomida saqlangan (aniqroq aytadigan bölsak, bir yildan uç yilgaça). Vaholanki, atipik pnevmoniyani juda oğir holatda boşdan keçirganlar qonida ular 12 yil ötib ham aniqlangan.
Yaqin Şarq respirator sindromidan xastalanganlar (undan har uçinçi bemor vafot etgan) qonida MERS virusiga ixtisoslaşgan antitana kamida 34 oy davomida saqlanib qolgan.
Olimlar Covid-19'dan immun himoyasi qança davom etişi va u qay darajada samarali bölişini hozirça bilişmasa ham, şu faktlarning özi nekbinlik tuğdiradi.
Bu savolga javob topilmasligi qança davom etsa, qayta zararlaniş imkonsizligi ehtimoli şunça ortadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi