Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva 9 avgust kuni AOKAdagi brifingda aholidan tuşgan savollarga javob berdi. Bu haqda agentlik Telegram kanalida xabar berilgan.

COVID-19 bilan kasallangan bemorlar öpkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi?

— Bu öpkaning qanday va qançalik jarohatlanişiga boğliq. Ya'ni bemorda MSKT (multispiral kompyuter tomografiya)sida öpkadagi jarohatlanişlar qançalik köp bölsa, şunçalik öpkaning tiklanişi qiyinroq va uzoqroq muddatni talab etadi. Öpkada fibroz töqimalar paydo bölsa, u töqimalar alveolalarni orqaga tiklanişiga tösqinlik qilişi mumkin, şu bois imkon qadar kasallikdan himoyalaniş, uni yengil keçuvini ta'minlaş hamda öpkaning alveolalari fibroz töqimalar bilan qoplanmasligiga harakat qilganingiz maqsadga muvofiqdir.

Yengil va örta oğir keçuvidagi bemorlarda jarohatlaniş foizi kamroq bölgani bois, bu jarohatlanişlar inson turmuş tarziga deyarli ta'sir körsatmasligi mumkin. Lekin keyinçalik öpkani kasallikka çalinuvçan bölib qolişini kuçaytirişi mumkin.

Kasallikni yengil darajada ötkazdim. Şifokorlarning aytişiça, kasallikka immunitet hosil bölarkan. Endi köçaga tibbiy niqobsiz ham çiqsam böladimi?

— Kasallanib tuzalgandan söng immunitet hosil böladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari böyiça niqobsiz yuriş mumkin emas. Şuningdek, kasallikdan tuzalgan bölsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boşqa yuqumli kasalliklarga çaliniş imkoniyatingiz kuçayadi va siz boşqa kasallik bilan kasallanişingiz mumkin.

Şu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yuriş talab etiladi.

Ukamda koronovirus tasdiqlandi. Oilaviy poliklinikaga murojaat etdik, ular aktibakterial dori vositasi — «Azitromitsin» içişni buyurişdi. Bu töğrimi?

— Azitromitsin – antibakterial dori vositasi bölsa-da, unda infeksiyaning hujayra içiga kirişini bloklaş xususiyati ham mavjud va hozirgi vaqtda uni qabul qiliş bilan virusni kasallik çaqiriş zanjirining biri uzilişiga erişiş mumkin.

Menda COVID-19 boşlangani va tuzalayotganimga 14 kundan oşdi, lekin menda holsizlik va köp terlaş bor. Bu xavfli emasmi?