8 avgust kuni AOKAda 2020-2021-öquv yiliga tayyorgarlik va kiriş imtihonlariga oid masalalar böyiça matbuot anjumani bölib ötdi.

Matbuot anjumani davomida oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidovga ötgan öquv mavsumida öqişlar bir muddat onlayn taşkil qilingani, ammo öqişning bu şaklida talabalar sifatdan qoniqmaganligi, şu bois yangi öquv mavsumida sifat borasidagi muammolar qançalik hal qilinişi borasida savol berildi.

Vazirga köra, yangi öquv mavsumida onlayn ta'lim sifatini oşirişga e'tibor beriladi, ammo bu jarayonda ta'limda öqituvçi ham, talaba ham öz ustida mustaqil işlamasa, natija kutib bölmaydi.

«Ikki-uç oy oldin ham pandemiya rivojlanişining turli ssenariylariga tayyor böliş kerakligi aytilgan edi. U paytda hali yangi öquv yilini onlayn boşlaş fikri bölmagan, hammasi an'anaviy böladi deb öylagan bölsak-da, tayyorgarlikni boşlagandik. Masofaviy ta'limda har bir fan böyiça onlayn kompleks – videomaterial, savol-javob, keys va boşqalar tayyorlangan.

Masofaviy ta'limni qaçon töliq sifatda ta'minlay olamiz? Şu formatda maşğulot ötkazişga öqituvçilarni örgata olsak. Buni qilyapmiz. Öz özining malakasini oşirişda ham, majburiy malaka oşiriş şaklida ham bu böyiça kurslar qöyildi.

Şuningdek, talabaning özida ham öqiş istagi bölişi kerak. Masofaviy ta'limda öqituvçi ham, talaba ham öz ustida mustaqil işlamasa, natija bölmaydi. 

Masofaviy ta'lim talabadan öz ustida işlaşni ikki baravar köproq talab qiladi. Öqituvçining vazifasi esa unga metodika va harakat trayektoriyasini körsatib beriş. Yangi öquv yilida 35ta oliy ta'lim muassasasi kredit-modul tizimiga ötadi. Bu ham mustaqil işlaşga asoslangan. Mustaqil işlaş könikmasining şakllanişi bölajak mutaxassisga katta salohiyat beradi, u mustaqil qadam qöyiş va yeçim topişga örganadi. Masofaviy ta'limda bilim hajmidan yutqazarmiz, lekin mustaqil bilim oliş metodikasini örgatamiz», – deya Inomjon Majidov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri matbuot anjumani davomida şuningdek, prezident va boşqa nomli stipendiyalar uçun tanlovlar qaçon ötkazilişiga ham oydinlik kiritdi.

«Prezident stipendiyasiga tanlovlar doim sentabr oyida ötkazib kelingan. Hozirda uni ham masofaviy tarzda ötkazişni öylayapmiz. Jarayonlar video-konferens-aloqa şaklida ötkaziladi. Şu örinda, jarayonda faqat komissiya va nomzod emas, balki şaffoflik bölişi uçun boşqalarning ham onlayn iştirokini ta'minlaymiz», – dedi Majidov.