Oliy ta’lim muassasalaridagi sirtqi ta’limni masofaviy şaklga ötkaziş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boşliği Abduvali Xoliqov ma’lum qildi. 

Uning Daryöga bergan intervyusida aytişiça, hozirda sirtqi ta’lim şakli özini töliq oqlamayapti, tizimda bir qator kamçiliklar mavjud. 

«Sirtqi ta’lim qaysidir sohada mehnat faoliyatini yuritayotgan, lekin oliy ma’lumotga ega bölmaganlar uçun bölişi kerak. Bizda esa hamma umumiy qabul qilinadi. Bu yildan boşlab, pedagogika yönalişidagi sirtqi ta’limga uşbu sohada faoliyat olib borayotganlar kiradi. U maktabdagi öqituvçilar sifatini oşiriş uçun qilinadi. Boşqa sohalarda ham bu iş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Ya’ni sirtqida öqiş uçun qayerdadir işlayotgan bölişi kerakligi talab etiladi», dedi u. 

Xoliqov sözlariga köra, sirtqi ta’limni masofaviy şaklga ötkaziş masalasi körib çiqilyapti. 

«2022 yildan boşlab masofaviy ta’lim joriy etildi. Ikki yillik tahlillarga asoslanib, sirtqini masofaviy şaklga ötkaziş masalasini köryapmiz. Ya’ni masofaviy ta’limda sirtqiga öxşab faqat darsga kelganda emas, talaba platforma orqali doimiy onlayn topşiriqni olib turadi. Faqat bunga biz texnik tomondan tayyor bölişimiz kerak. Talaba ham. Oliy ta’limda barça şaroitni qilsangiz-u, uzoqdagi talabaning interneti yoki boşqa imkoniyatlari bölmasa, bu ham jarayonga salbiy ta’sir körsatadi. Sirtqi ta’limdagi şakllar bosqiçma-bosqiç tarzda masofaviyga ötadi. Çunki dunyoga qarasak, ikkalasi birga turibdi. Sirtqi ta’limdan voz keçilişi kerak. Bugungi kunda u eskirgan holatga kelib qoldi, özini oqlamayapti», dedi u. 

Xoliqovning qöşimça qilişiça, sirtqi ta’limning masofaviy şaklga qaçon ötişi aniq belgilanmagan. 

«Masofaviy sirtqiga qaçon ötilişini jarayon belgilab beradi. Oldindan bir nima deb bölmaydi. Balki, uç yil yoki beş yil vaqt ketar. Platformalarni şakllantiriş, internet tezligi yaxşi bölişi zarur. Ya’ni imkoniyatlar va şaroit yetarli bölgaç tizim işlaydi. Bu yerda masofaviy zör bölyapti deb, yönalişlarni kengaytirib taşlayversak foydasi yöq. Işlamasa, faqat qoğozda yoki gapda qolib ketadi», dedi mutaxassis.