— Kislorodli konsentratorlar hozir qayerda?

— Ayni vaqtda konsentratorlar Xitoydan Toşkentga yetib kelgan. Yuklarni olib kelayotgan xodimlarimiz bilan gaplaşdik. Ertaga Nukusdan konsentratorlar uçun maşina yuboryapmiz. Masofa va yuklarning hajmiga qarab 2–3 kunda oksigeneratorlar Nukusga yetib keladi. Kislorod konsentratorlari Özbekistonga yetib kelguniga qadar biroz xavotirimiz bor edi. Sababi — Qoraqalpoğistondagi bizga öxşagan bir neça tadbirkor ham xayriya qilişgandi. Xudoga şukr, yuklarga şikast yetmay davlatimizga yetib keldi.

— Neçta konsentrator olib kelinmoqda? Ularning umumiy qiymati qançani taşkil qiladi?

— Biz Nukusga Xitoydan 100 dona kislorodli konsentrator olib kelmoqdamiz. Bir donasi umumiy hisobda 450 dollardan tuşdi. Şaxsan özim 100 mln. söm xayriya qildim. Umumiy qiymati 45 ming dollar böldi. Köplab tadbirkorlar ham pul taşlaşdi. Şunga qaramasdan, 20 ming dollar yetmagani uçun birovdan qarz olib berişga töğri keldi. Lekin bu xabarni eşitgan tadbirkorlarimizdan biri şu qarzga olingan 20 ming dollarni özi qoplab beradigan böldi.

Maqsadimiz — bu uskunalarni Qoraqalpoğiston Respublikasi SSVga bepul beriş. Nukusdagi boş vraç koronavirus bilan kuraşayotgan, ayniqsa ahvoli oğir bemorlar kislorodli konsentratordan uzilsa, xuddi suvdan çiqarib olingan baliqlarga öxşab qiynalişayotganini aytgandi.

— Sizga kislorodli konsentratordan qandaydir moliyaviy manfaat bormi?

— Yöq. Bu yerda heç qanday moliyaviy foydani aytişning va bu işni qilişning örni emas. Har qanday inson imkon qadar xayr-saxovat qilişi kerak. Yaratgan bizga şu imkonni bergan ekan, biz ham qildik. Töğri, xayr-saxovat qilib, buni kimgadir aytiş aslida yaraşmaydigan iş. Ammo bizning maqsadimiz özimizga öxşaş tadbirkorlarni, imkoni bor insonlarni atrofimizga yiğiş. Ayni kunlarda bu maqsadimizga qaysidir ma'noda erişdik, desam ham böladi. Qoraqaloğistondagi tadbirkorlar bilan kislorodli konsentratorlarning ikkinçi qismiga ham buyurtma beriş arafasida turibmiz.

— Konsentratorlar Nukusga kelgandan keyin SVV xodimlari qanday maqsadlarda va kimlar foydalanayotganiga e'tibor qaratasizmi?